OAV: Huawei birinchi shaxsiy kompyuterini ishlab chiqaradi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishElektron jihozlar sexida
Elektron jihozlar sexida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shaxsiy kompyuter ishlab chiqarishni boshlanidan keyin Huawei mashhur Apple korporatsiyasining raqobatdoshiga aylanadi.

TOShKENT,  26 yanv — Sputnik, Ivan Bulatov. Xitoyning smartfonlar va telekommunikatsiya jihozlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Huawei kompaniyasi, 2016-yil Fevralida o‘zining birinchi shaxsiy kompyuterini ishlab chiqaradi, RIA Novosti China Daily gazetasi xabariga asosan.

Shunday yo‘l bilan Huawei mashhur Apple korporatsiyasining raqobatdoshiga aylanadi. Shanxayning yicai.com sayti xabariga asosan, Huawei o‘zining birinchi shaxsiy kompyuterini Intel korporatsiyasi bilan birgalikda ishlab chiqarmoqda.

OAV xabariga asosan,  Huawei shaxsiy kompyuteri ishlab chiqarish haqidagi xabar Mobile World Congress ko‘rgazmasi kunlari rasman tarqatiladi. Ko‘rgazma Ispaniyaning Barselona shahrida fevralda bo‘lib o‘tadi.  

Huawei Technologies Co. Ltd kompaniyasi Xitoyning telekommunikatsiya sohasida ishlaydigan eng yirik korxonalaridan biri hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0