Putin: Leninni ko‘mish masalasiga ehtiyotkorlik bilan yondashmoq kerak

© Sputnik / Anatoliy Sergeyev-Vasilyev / Mediabankka o‘tishLenin mavzoleyiga navbat. Moskva. Qizil maydon.
Lenin mavzoleyiga navbat. Moskva. Qizil maydon. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Jamiyatimizni tarqoqlikka olib keladigan ishlarga qo‘l urish yaramaydi”, - dedi Vladimir Putin Umumrossiya milliy fronti hududlararo forumida Leninni ko‘mish haqidagi savolga javob berar ekan.

TOShKENT, 27 yanv — Sputnik.  Rossiya prezidenti Vladimir Putin Leninni ko‘mish masalasiga juda ehtiyotkorlik bilan yondashmoq lozim, deb hisoblaydi. Putinning ta’kidiga qaraganda, jamiyatni tarqoqlikka olib keluvchi ishlarga qo‘l urishning keragi yo‘q.

Qizil maydondagi V.I.Lenin mavzoleyi. Moskva. - Sputnik O‘zbekiston
Putinning bir og‘iz gapi Leninni ko‘mishga sabab bo‘lmoqda

"Qayta ko‘mish va shu turdagi boshqa masalalarga keladigan bo‘lsak, bilasizmi, mening nazarimda, bu kabi masalalarga juda ehtiyotkorlik bilan yondashmoq lozim. Jamiyatimizni ikkiga bo‘ladigan ishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Biz jamiyatimizni, aksincha, jipslashtirishga harakat qilishimiz lozim. Eng muhimi shu”, — dedi Vladimir Putin Umumrossiya milliy fronti hududlararo forumida Leninni ko‘mish haqidagi savolga javob berar ekan.

Qizil maydondagi Mavzoleydan joy olgan Lenin tanasini ko‘mish borasida qizg‘in bahs-munozaralar rus jamiyatida har yili ko‘tariladi. Ammo shu paytga qadar so‘nggi qaror qabul qilingani yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0