Misr harbiylari tomonidan “ID”ning eng ko‘zga ko‘ringan jangarisi yo‘q qilindi

Obuna bo‘lish
Yo‘q qilingan jangari terrorchilik uyushmasida muhimlik jihatdan ikkinchi o‘rinni egallagan. U qurol-yarog‘ yetkazib berish, guruhning moliyaviy ta’minoti uchun javob bergan. Shuningdek, ko‘ngillilarni yollab, Sinay yarimoroliga o‘tkazish ishlari bilan shug‘ullangan.

TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Misr harbiylari tomonidan Sinay yarimorolining markaziy qismida “Islom davlati”ning eng ko‘zga ko‘ringan rahbarlaridan birini yo‘q qilindi, xabar qiladi RIA Novosti Misrning "Sada" nashriga tayangan holda.

Ma’lumotlarga qaraganda, yo‘q qilingan jangarilar boshlig‘i guruhda muhimlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan.

Ekstremist o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida yo‘q qilingan. Harbiylar uni qurshovga olib, qo‘lga tushirmoqchi bo‘lishganda, u ularga qarata o‘t ochgan. Qarshilik ko‘rsatgani bois, u yo‘q qilingan.

 

Yangiliklar lentasi
0