Jamiyat

Assanj: “shaxsiy hayot” tushunchasi haqida unuting, u endi yoʻq

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishJulian Assanj, WikiLeaks sayti asoschisi.
Julian Assanj, WikiLeaks sayti asoschisi. - Sputnik Oʻzbekiston
Zamonaviy dunyoda shaxsiy erkinlikni himoya qilish imkoni boy berildi. Sababi, hozir barcha davlatlarda odamlar ustidan ommaviy nazorat olib borilmoqda, deydi WikiLeaks asoschisi Julian Assanj.

TOSHKENT, 28 yanv – Sputnik. WikiLeaks asoschisi Julian Assanj shaxsiy hayot uchun kurash boy berilgan, deb hisoblaydi. “Hozir butun dunyoda ommaviy elektron kuzatuv ommalashgan, chunki bu uchun koʻp mablagʻ talab etilmaydi”, — deydi u.

Android One smartfoni. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda uyali aloqa va ijtimoiy tarmoqlar oʻchirilishi mumkinmi – ekspert fikri

“Gap shundaki, biz shaxsiy erkinlikni himoya qilish imkonini boy berdik. Xoh u katta, xoh kichik boʻlsin, barcha davlatlarda ommaviy kuzatuvdan foydalanilmoqda”, — deb taʼkidladi u Londondagi Ekvador elchixonasidan videoaloqaga chiqar ekan. 

“AQSH oʻz ittifoqdoshlari bilan xalqaro kommunikatsiya vositalari ustidan ommaviy kuzatuvni shu darajada ommalashtirib tashladiki, faqatgina shu soha mutaxassislari, shu jumladan, ayrim terrorchilar ham, bu kuzatuvning oldini olishlari mumkin, xolos”.

"Oddiy fuqaro uchun shaxsiy hayot tushunchasi endi mavjud emas. Toʻgʻri, biz qonun, maʼnaviyat haqida gapirishimiz mumkin, ammo omma nazaridan chetda boʻladigan shaxsiy hayot tushunchasi allaqachon barham topgan", — ishonch bilan taʼkidladi Assanj.

Assanjning soʻzlariga qaraganda, ommaviy kuzatuv narxi har 18 oyda 50%ga arzonlashishi bois, endi shaxsiy hayotni sir saqlab qolishning imkoni yoʻq. "Insoniylik qadr-qimati va ommaviy josuslik, kompyuterlashtirish oʻrtasidagi borayotgan kurashda, oxirgisi ustun kelishi turgan gap, biz shunga koʻnikib yashashga mahkummiz”, — taʼkidladi u.

Ammo, Assanjning fikricha, jamiyat bu oʻzgarishlarga bora-bora koʻnikadi. "Jamiyat koʻnikmoqda. Mana, tashqi dunyodan uzib tashlangan Shvetsiya, Janubiy Koreya, Okinava, Shimoliy Koreyalarni olaylik. Bu davlat fuqarolari bu kabi oʻzgarishlarga koʻnikish hosil qilishgan. Endilikda bu odamlar oʻz fikrlarini kod soʻzlar yordamida yashirishga harakat qilayotganini koʻrishimiz mumkin. Ommaviy kuzatuv oqibati bu. Biz shunday jamiyat sari qadam tashlamoqdamiz", — izoh berdi Assanj.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala