Deputat: chips va gazli ichimliklar yorliqlarida qo‘rqinchli suratlar bo‘lishi kerak

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishPepsiCo Rostov viloyatida chips ishlab chiqaruvchi zavodni ishga tushirdi
PepsiCo Rostov viloyatida chips ishlab chiqaruvchi zavodni ishga tushirdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha junk food (musor ovqat)lar yorliqlarida, tamaki qutisida bo‘lgani kabi, bunday mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatlarini ko‘rsatuvchi qo‘rqinchli suratlar bo‘lishi kerak.

TOShKENT, 28 yanv —Sputnik. "Spravedlivaya Rossiya" partiyasi deputati Oleg Mixeyev, Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev nomiga yuborgan murojaatnomasida, tarkibida shakar, tuz va yog‘ moddalari ko‘p bo‘lgan chips va gazli ichimliklar etiketkasiga, sigaret qutisida bo‘lgani kabi, ularni iste’mol qilish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatuvchi qo‘rqinchli suratlar qo‘yish kerakliga haqida murojaatnoma yubordi, RIA Novosti xabariga asosan.

Ushbu murojaatnomadagi taklif qabul qilinsa, u barcha Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqining barcha davlatlarida amal qiladigan texnik reglamentga kiritiladi.

Deputatning fikriga ko‘ra, ushbu qora ro‘yxatga yoshlar orasida ommaviy bo‘lgan, barcha turdagi junk food (musor ovqat)lar kiradi.  

Birinchidan, bu kartofel chips, bo‘lib 100gramm chips tarkibiga: 12,5 g shakar, 1.5 gramm turz, 20 grammadan ortiq yog‘ va 5 grammdan ortiq boyitilgan yog‘lar kiradi.  

Ikkinchidan, bu gazli ichimliklab bo‘lib, 100 millilitr tarkibida 10 grammdan ziyod shakar, 1,5 gramm tuz va boshqa narsalar bor. Mineral suvlar bundan mustasno, chunki ularning tarkibida tabiiy minerallar bor, dedi Mixeyev.

 

Shu bilan bir vaqtda deputatning fikriga ko‘ra ushbu mahsulotlar etiketkasida, ularni iste’mol qilish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantiruvchi suratlar qo‘uish kerak, xuddi tamaki qutisida bo‘lgani kabi.

Shakar ikkinchi turdagi diabet kasligi keltirib chiqarishi mumkin, “sho‘rtakkina” mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish esa bo‘yrakda tosh yig‘ilishiga olib keladi. Yog‘ mahsulotlarini ko‘p iste’mol qilish esa qon tomirlari ichida xolesterin toshmalarga olib kelishi mumkin. Mening fikrimcha bunday choralar, o‘z sog‘lig‘i haqida qayg‘urmaydigan yoshlar orasida ushbu mahsulotlarni iste’mol qilishni kamayirishga olib keladi”, — dedi deputat. 

Statistik ma’lumotlarga qaragnda 2013-yilda Rossiya semizlik kasaliga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda 4 o‘rinni egallagan. Rossiyada 20 yoshdan katta aholining 54 % ortiqcha vazni va 15 % semizlik kasaliga chalingan. Ayollar orasida ushbu ko‘rsatkichlar 59 va  28,5 % ni tashkil qiladi.  

 

Yangiliklar lentasi
0