Madaniyat

Obama: AQShning kuchi bu - turli irq va millat vakillariga baravar imkoniyat yaratib berishda

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishAQSH prezidenti Barak Obama
AQSH prezidenti Barak Obama - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH prezidentining fikriga koʻra, har qanday sohaning, jumladan kinoning ham birinchi maqsadi – har bir kishiga oʻz qobiliyatlarini namoyish qilish uchun imkoniyat yaratib berish. Shunday ekan, hammada bir xil imkoniyat boʻlganmi yo boʻlmaganligini aniqlash kerak.

TOSHKENT, 28 yanv — Sputnik. Qora tanli aktyorlarning 2016 yilgi Oskar taqdimoti marosimiga qatnashmaslik haqidagi chaqiriqlari, Barak Obamani befarq qoldirmadi. AQShning birinchi qora tanli prezidenti, qora tanli aktyorlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllab quvvatlash oʻrniga, Golivudni biroz tanqid qilib, barchaga irq va etnik guruhlarga bir xil imkoniyat berishga chaqirdi.

OSKAR 2016 mukofoti - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Faqat oq tanli akterlardan tashkil topgan “Oskar” nomzodlari roʻyxati qayta koʻrib chiqiladi

“Mening fikrimcha Kaliforniya – bu mamlakatimizning aql bovar qilmaydigan xilma-xilligining yaqqol misoli. Bizning kuch mana shunda. Agar har bir kishiga uchun oʻz hikoyasini aytib berishga imkon yaratilsa, kino sanʼat bundan faqat yutadi”, dedi mamlakat rahbari. Bunday qarashdan har bir fuqaro “oʻzini amerika oilasi farzandi” deb his qiladi.  

“Kino sanoati, talantlarni izlashda — barchaga imkon berishi kerak. Mening fikrimcha, Oskar atrofidagi shov-shuv, aslida bizga boshqa muammoni koʻrsatmoqda: biz barcha uchun bir xil imkoniyat yarata oldikmikan?”, — deb soʻzini yakunladi AQSH prezidenti.

Eslatib oʻtamiz, 2016 yilda “Oskar” mukofotining asosiy nominatsiyalardan birortasiga ham etnik va irqiy kamchilik vakillari nomzod qilinmagan. Bunday millatchilik taniqli kino arboblari tomonidan kuchli tanqid va boykot sababiga aylandi.  Kino akademiyasi, oʻz navbatida, hayʼat aʼzolari  safiga oʻzgarishlar kiritishi va 2020 yilga qadar ayollar va irqiy ozchiliklar vakillari sonini koʻpaytirishga vaʼda berdi.

Quyidagi Twitter sahifasida oxirgi 2 yil davomida Oskar mukofoti olgan barcha aktyorlar surati keltirilgan. Haqiqatdan ham ularning bari oq tanli aktyor va aktrisalar. Ushbu muammo Twitterda #OscarsSoWhite xeshtegi ostida jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala