Eron TIV rahbari o‘rinbosari: Suriya muholifat vakillari va terrorchilar o‘rtasida deyarli farq qolmadi

© Sputnik / Yevgeniy Paxomov / Mediabankka o‘tishTerrorchilar.
Terrorchilar. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Bugungi kunda Suriya muholifat vakillari va terrorchilar o‘rtasida farq qolmadi”, ta’kidladi Eron Islom Resbpulikasi TIV rahbari o‘rinbosari Xussayn Amir Abdullahon

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. “Bugungi kunda Suriya muholifat vakillari va terrorchilar o‘rtasida farq qolmadi”, ta’kidladi Eron Islom Resbpulikasi TIV rahbari o‘rinbosari Xussayn Amir Abdullahon MMPS MIA "Rossiya segodnya" tomonidan o‘tkazilgan matbuot-anjumanida, RIA Novosti xabari asosida.

Amerika harbiylari. - Sputnik O‘zbekiston
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriya va Iroqqa quruqlik qo‘shinlarni kiritmoqchi

"Bu mamlakatga terrorchilarning kirib kelishi hamda ba’zi bir davlatlarning jangarilarni qo‘llab-quvvatlashi vaziyatni murakkablashtirdi. Afsuski, bugungi kunda terrorchilar va oppozitsiya vakillarini ajratish qiyin bo‘lib qoldi, ular o‘rtasida farq qolmadi”, — izoh berdi u.“Ba’zi bir davlatlar, terrorchilarga yangi niqob taqib, siyosiy oppozitsiya vakili ko‘rinishida Jenevada Suriya mojarosini to‘xtatish bo‘yicha o‘tkaziladigan kelishuvlar vaqtida “murosa stoliga” o‘tqazish uchun jon kuydirib harakat qilyapti. Ammo Tehron kutilayotgan uchrashuvga ijobiy munosabatda. Chunki, u Suriyadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun muhim qadam bo‘lishi mumkin”, — ta’kidladi Abdullahon.

 

 

Yangiliklar lentasi
0