Jamiyat

Toshkent hayvonot bogʻiga noyob hayvonlar keltirildi

© Lev Ustinov / Fotobankka oʻtishQoʻriqxonadagi togʻ echkisi.
Qoʻriqxonadagi togʻ echkisi. - Sputnik Oʻzbekiston
Buxorodagi qoʻriqxonadan Toshkent hayvonot bogʻiga qirilib ketish yoqasida turgan qulonlar, Prjevalskiy otlari, Buxoro togʻ echkilari va jayronlar olib kelindi.

TOSHKENT, 29 yanv — Sputnik. Toshkent hayvonot bogʻiga yangi jonivorlar olib kelindi. Bular mahalliy fauna vakillari: qulonlar, Prjevalskiy otlari, Buxoro togʻ echkilari va jayronlardir, xabar qilinadi hayvonot bogʻi saytida.

Oʻtmishda bu jonivorlar Oʻzbekiston hududida yovvoyi tabiat qoʻynida yashagan. Ayni vaqtda ular soni haddan ziyod qisqarib ketgan. Jonivorlar qirilib ketish xavfi yoqasiga kelib qolgan. Bu turdagi jonivorlar hozirda Buxorodagi qoʻriqxonada maxsus koʻpaytirilmoqda.

“Parvarish va himoyaga muhtoj bu hayvonlar yangi shart-sharoitga koʻnikib ketishiga umid qilamiz. Bu nodir jonivorlar kishilarni beeʼtibor qoldirmaydi, deb oʻylaymiz”, — deyiladi xabarda.

Toshkent hayvonot bogʻi 1924 yil Turkiston general-gubernatori yozgi qarorgohi hududida kichik hayvonot bogʻi oʻrnida barpo qilingan. Yangi hayvonot bogʻi 22,7 gektar maydonga ega hududni egallagan. Ayni vaqtda hayvonot bogʻida uch mingdan ziyod turdagi hayvonlar va 415 turdagi qushlar parvarish qilinadi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala