Sitora Farmonova: Go‘zal oqqushga aylangan “irkit o‘rdakcha”

© Mirtoxir Gulyamov«Aziya MIX» jamoasi yulduzi Sitora Farmonova.
«Aziya MIX» jamoasi yulduzi Sitora Farmonova. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Quvnoqlar va zukkolar"ning mashhur «Aziya MIX» jamoasi tarkibi o‘zgardi. Xushchaqchaq va zukko bishkekliklar safiga buxorolik xonanda va aktrisa – Sitora Farmonova kelib qo‘shildi. Sputnik sayti Sitora bilan bog‘lanib, oddiy qiz qanday qilib superulduz darajasiga erishgani haqida bilib oldi.

Xonanda, aktrisa, KVN “yulduzi”… Sitora, bu sizning  serqirra inson ekanligingizdan dalolat. Ayni vaqtda mana shu uch ta’rifning qay biri siz uchun muhim?

Karyeramni aktrisa sifatida boshlaganman. Hozir ham filmlarda suratga tushib kelaman. Shu bilan birga O‘zbekistonda hamda MDH davlatlarida xonanda sifatida ham faoliyat yuritaman. QVZ — men uchun ajoyib bir o‘yin. QVZchilar orasida do‘stlarim juda ko‘p. Men xonandalik QVZdagi faoliyatimdan muhimroq, deb ayta olmayman. Chunki har bir soha men uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Lekin QVZga alohida mehr qo‘yganim rost.

«Aziya MIX»ga yaqinda qo‘shildingiz, shundaymi?

Bu voqea o‘tgan yil — Sochidagi festival chog‘ida ro‘y berdi. Bunga qadar komanda kapitani Eldiyor Kenensarov bilan qirg‘izistonning “Obshaga” serialida birga ishlagan edik. To‘rt yil muqaddam u meni filmda bosh rolga taklif qilgan edi. Shundan so‘ng do‘stlashib ketdik, oilaviy bordi-keldimiz bor. Kunlarning birida esa iqtidorli, xushchaqchaq insonligimni tushunib yetdi. Qo‘ng‘iroq qilib, jamoaga taklif qildi.

© SERGEY ANDRIANOVSitora Farmonova Qirg‘izistonning "Aziya MIX" jamoasi o‘yinchilari bilan
Sitora Farmonova Qirg‘izistonning Aziya MIX jamoasi o‘yinchilari bilan   - Sputnik O‘zbekiston
Sitora Farmonova Qirg‘izistonning "Aziya MIX" jamoasi o‘yinchilari bilan

Ommadan qo‘rqmasligingiz rostmi?

Ha. Xalq qarshisidagi har bir chiqishimdan quvvat olaman. Yanada tetiklashaman.

Ya’ni, bu jarayon suratga olish maydonida ishlashdan ham maroqliroq, demoqchimisiz?

Albatta! Sahnada turib xursandchilik, mehr to‘la nigohlarni ko‘raman — bu juda maroqli. Insonni tetiklashtiradi. Sizga qadalgan, “yonib” turgan ko‘zlarda mehr mujassam bo‘ladi. Siz uchun qayg‘urishayotganini his qilib, ko‘rib turasiz. Bunday paytdagi holatimni so‘z bilan ifodalab berolmayman.

Hazil-mutoyiba to‘qish qiyinmasmi?

QVZchilar bilan yashab, muloqotda bo‘lsangiz, ular har qadamda hazil-mutoyiba qilishlariga guvoh bo‘lasiz. To‘g‘ri, boshida sal qiyin bo‘ldi. O‘ylanib qolardim: mening qo‘limdan kelarmikin, deb. Hozir esa har bir gapim hazilga aylanadi.

Demak, sizga KVNdagi muhit ta’sir ko‘rsatibdi-da?

Yalla guruhi rahbari Farrux Zokirov. - Sputnik O‘zbekiston
Modani rasm qiluvchi “Yalla” guruhi yoxud Farrux Zokirovning yosh san’atkorlarga o‘giti

Ha. Hazillarni yigitlarimizning o‘zlari yozishadi. Bu jarayon mening ko‘z oldimda ro‘y beradi. Bunga ko‘nikib ketganman.

QVZdagi ishtirokingizdan keyin yangi takliflar bo‘lgandir?

Hozircha bu sir. Ammo sizga aytaman: meni TNT kanaliga taklif qilishapti. Bu haqda hozircha batafsil gapirishni xohlamayman. Oldinda meni yangi loyihalar, filmlar va syomkalar kutmoqda. Rejalarim bisyor.

Oynai-jahonga qanday qilib tushib qolgansiz?

Birinchi marta qirg‘iz ijodkorlari tomonidan suratga olingan «Obshaga» seriali orqali. Ushbu serialga tasdiqlanishim juda qiziq kechgan. Serialga kasting Toshkentda o‘tkazilgan edi. Gap shundaki, sinovga borishim kerak bo‘lgan kun dugonam qo‘ng‘iroq qilib, yigiti ustidan arz qilishni boshladi. Keyin dugonamning ustidan qilingan arzni yigitidan ham eshitishga majbur bo‘ldim. Xullas, bu holat tufayli asablarim tarang holatga kelgan edi… 

Xonanda Shahzoda. - Sputnik O‘zbekiston
Shahzoda: “Ijodimda tanaffusga vaqt yo‘q”

Kasting bo‘lib o‘tayotgan joyga keldim. Mendan biror holatni ko‘rsatib berishni so‘rashdi. Men esa nima ko‘rsatishni bilmayman. Asablarim tarang emasmi… Kasting murakkab hayot tufayli hamisha aziyat chekuvchi yuvosh qiz roli uchun o‘tkazilayotgan edi. Ammo meni ko‘rgan ijodkorlar xayolida boshqa obraz paydo bo‘lgan. 

Ular o‘zaro maslahatlashgach, menga: “Sitoraxon, biz boshqa bir obrazni izlab kelgan edik. Ammo hozir sizda ikkinchi obrazni ko‘rdik. Rozimisiz, ijro etishga?” deb so‘rashdi. Shunday qilib, tamomila boshqa obrazga tayyorlangan bo‘lsam-da, o‘zim kutmagan rolni qo‘lga kiritganman.

Dugonangiz va uning yigitiga minnatdorchilik bildirdingizmi?

Albatta! Ular hozirgacha menga muxlislik qilib, qo‘llab-quvvatlab kelishadi. Aytgancha, juftlik ushbu kastingdan keyin yarashib olgan edi.

San’at kishisi ekanligingizni qachon anglagansiz?

2000 yilda. Dadamning rejissor o‘rtog‘i bir xonandaning qo‘shig‘iga klip suratga olayotgan edi. Mendan shu klipda suratga tushishni so‘radi. O‘n olti yoshdaman, dadam safarga ketgan, albatta, rozi bo‘lganman. Shu klipdan keyin meni bir filmga taklif qilishdi. Epizodik rolni ijro etdim. Ilk rolim – kichik epizodik rol bo‘lgan. Ikkinchi rolim esa – katta rol. Hozirga qadar hisobimda 29ta bosh rol bor.

Buxoroda o‘tgan bolalik davringizni qanday yodga olasiz?

Buxoroni eslasam, yuzimga tabassum yuguradi. Bolaligimning eng shirin lahzalari Buxoroda o‘tgan. Toshkentga ko‘chib o‘tganimizda 13 yashar qizaloq edim. To‘g‘rirog‘i, kichkinaligimda o‘g‘il bolaning o‘zi bo‘lganman. Dadamdan qo‘g‘irchoq emas, to‘pponcha, avtomat va velosiped olib berishlarini iltimos qilardim. Bitta dugonam bo‘lardi, qolgan o‘rtoqlarim o‘g‘il bolalardan iborat edi. Faqat o‘g‘il bolalar bilan do‘stlashib, quvlashmachoq, otishmachoq o‘ynardim.

Maktabdan kelishimga, uy xizmatchisi kiyimlarimni almashtirishga ulgurmasa, maktab formasida ko‘chaga yugurib ketardim. Har bitta ariqqa kirib chiqardim. Dadamlar: «Qizim, kattarganingda go‘zal, latofatli bo‘lasan”, derdilar. Dadamning so‘zlari yoshim yigirmadan o‘tganda amalga oshdi. Hech kim mendan bunday o‘zgarishni kutmagan.

Yo‘ldosheva Lola Ravshanbekovna. Xonanda. - Sputnik O‘zbekiston
Lolaga litsenziyasi qaytarildi

Dadam meni hozirgacha “irkit o‘rdakcha” deb chaqiradilar. “Kichkinaligingda, bir kun kelib bu qadar o‘zgarishingni hech kim bilmagan edi. Mana, qanotlaringni keng yozib, huriliqo oqqushga aylanding” deydilar u kishi. Men hech qachon nozik bo‘lmaganman. Hamisha daraxtlarga osilib, shox ustida uyquga ketib qolib, qulab tushgan vaqtlarim ham bo‘lgan. O‘sha paytlardan qolgan esdalik – chandiqlar buning guvohi. Ko‘chadan albatta, yaralanib, qaytib kelardim. Qo‘limni bir necha bor sindirganman. Ayam “bu fe’l-atvori bilan men uni qanday turmushga uzataman”, deb havotir olardilar faqat. Mana, Sitora o‘zgarishi ham mumkin ekan…

Hozir ota-onangiz siz bilan faxrlanishsa kerak?

Albatta! Ular har bir g‘alabamni, har bir qo‘shig‘imni mehr bilan qarshi oladilar, qo‘llab-quvvatlaydilar, mendan maslahatlarini ayamaydilar. Ammo ko‘pincha: “Undaymas, bunday qilishingi kerak edi” deb tanbeh ham beradilar. Ota-onam — mening suyangan tog‘im.

Buxoroga borganingizda sizni gullar, shirinliklar va orkestr bilan qarshi olishsa kerak?

Ha. Lekin orkestr bilanmas, gullar bilan. Buxoro — ona shahrim. Katta xursandchilik bilan kutib olishadi.

Saytimiz mushtariylariga tilaklaringiz?

Barcha-barcha muxlislarimni menga bo‘lgan mehr-muhabbatlari uchun minnatdorchilik bildiraman. O‘zbek xalqi – ezgulikka intiluvchi, yaxshilik istaguvchi xalq. Xalqimning ana shu bebaho jihatini juda qadrlayman. Har bir o‘zbek xonadoniga yorug‘lik, iliqlik tilayman. Muxlislarim yuzlaridan tabassum arimasin. Ularga barcha ishlarida ulkan zafarlar tilayman!

 

Yangiliklar lentasi
0