Dunyoda

Kutib oling, doʻndiq Barbi!

© AP Photo/ MattelMattel kompaniyasi qoʻgʻirchoqlari.
Mattel kompaniyasi qoʻgʻirchoqlari. - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi Barbie qoʻgʻirchoqlari tana tuzilishi - 4 xil, teri rangi - 7 xil, koʻzlari - 22 xil rangda, soch turmagi - 24 xil koʻrinishda boʻlishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 29 yanv — Sputnik.  Butun dunyoga mashhur Barbi qoʻgʻirchogʻini ishlab chiqaruvchi Mattel kompaniyasi oʻz kollektsiyasini turli tashqi koʻrinishga ega qoʻgʻirchoqlar bilan boyitdi. Endilikda xaridorlar oʻz xohishiga koʻra, ozgʻin va toʻla, uzun va past boʻyga ega qoʻgʻirchoqlarni xarid qilishlari mumkin.

Yangi turdagi qoʻgʻirchoqlar Rossiya bozorida erta bahorda sotuvda paydo boʻlishi kutilmoqda.

Shuni taʼkidlash joizki, oʻtgan 57 yil davomida Barbi qoʻgʻirchoqlarining hammasi model koʻrinishiga ega boʻlib kelgan. Uning soch turmagi, terisi, koʻzlari rangi oʻzgargan, ammo bichimi oʻsha-oʻshaligicha qolib kelavergan. Shu bois ham, qoʻgʻirchoq yaratuvchilari yosh qizlarda goʻzallik haqida soxta tasavvur uygʻotayotganlikda ayblanib kelgan.

«Qizaloqlar va ularning ota-onalarida goʻzallik standartlari haqida tasavvurni kengaytirishimiz lozimligini his qildik”, — deydi Barbie brendi vitse-prezidenti Evelin Mazzokko. Ayolning soʻzlariga qaraganda, yangi kollektsiyadagi Barbi qoʻgʻirchoqlari endilikda har bir qizaloqqa aynan oʻziga oʻxshash qoʻgʻirchoqni topish imkonini hadya etadi.

Qoʻgʻirchoqlar lineykasini boyitilishi kompaniya tomonidan biznesni qutqarib qolishga qilinayotgan harakat boʻlishi ham mumkin. Chunki oxirgi vaqtlarda raqobatchilar tomonidan chiqarilayotgan sifatli va arzon qoʻgʻirchoqlar tufayli Barbi qoʻgʻirchoqlarining bozori kasod boʻlmoqda.

Bugungi kunda Barbi qoʻgʻirchoqlari 150 mamlakatda rasman sotiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala