“Eng kuchli pasportlar” reytingida O‘zbekiston 64-o‘rinni egalladi

Obuna bo‘lish
Passportindex.org xalqaro havo transport ma’lumotlari va boshqa manbalar asosida dunyodagi eng kuchli pasportlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bunda asosan pasport egasining nechta davlatga vizasiz chiqish imkoniyati hisobga olindi

TOShKENT, 29 yanv — Sputnik.  Passportindex.org xalqaro havo transport ma’lumotlari va boshqa manbalar asosida dunyodagi eng kuchli pasportlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bunda asosan pasport egasining nechta davlatga vizasiz chiqish imkoniyati hisobga olindi, xabar qiladi kun.uz sayti.

O‘zbekiston mazkur reytingda 64-o‘rinni egalladi. Respublikamiz pasportiga ega insonlar jahonning 53 mamlakatiga (Passport Index tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra) vizasiz chiqa oladi.

O‘zbekiston fuqarosi pasporti. - Sputnik O‘zbekiston
Chet eldagi O‘zbekiston fuqarolari biometrik pasportsiz vataniga qayta olmaydilar

MDH davlatlari bo‘yicha Rossiya 36, Qozog‘iston 53, Qirg‘iziston 63, Turkmaniston 70-o‘rinni egalladi.

Reytingda birinchi o‘rinni AQSh va Buyuk Britaniya pasportlari joy oldi. Ushbu davlatlarning fuqarolari jahonning 147 davlatiga vizasiz chiqishi mumkin. Ikkinchi o‘rinda esa Fransiya, Janubiy Koreya va Germaniya tilga olindi. Ular 145 davlat bilan vizasiz tartibga ega.

Mazkur reytingdan dunyoning 199 davlati joy olgan bo‘lib, ko‘pchilik davlatlar bir xil natijaga ega bo‘lgani bois bitta pog‘onaga joylashtirilgan. Natijada o‘rinlar soni jami 80tani tashkil etdi.

Yangiliklar lentasi
0