Dunyoda

Ekspert: Oʻzbekiston Xitoy uchun — Markaziy Osiyodagi muhim ustun

Xitoy bilan hamkorlik oʻzbek iqtisodiyoti va atom energetikasi sohasida muhim bosqich boʻladi, deb taʼkidlaydi sharqshunos Aleksey Maslov. “Xitoy xalqaro tashkilotlar doirasidan tashqarida Oʻzbekiston bilan munosabatlarni mustahkamlamoqchi”, deb aniqlik kiritdi mutaxassis.

TOSHKENT, 29 yanv — Sputnik, Mariya Sheludyakova. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pekinga rasmiy tashrif uyushtirdi. Xitoy poytaxtida Oʻzbekiston TIV rahbari oʻz hamkasbi Van I bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. “Iqtisodiyot oliy maktabi” Milliy tadqiqot universiteti sharqshunoslik boʻlimi rahbari Aleksey Maslov oʻzbek-xitoy munosabatlari istiqbollari haqida fikr bildirdi.

Iqtisod
Xitoy-Oʻzbekiston temir yoʻl qurilishi 2016 yilda boshlanadi

Ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar koʻplab jabhalar  boʻyicha rivojlanayotgan boʻlsa-da, sharqshunos hamkorlikning uch asosiy bosqichini alohida ajratib koʻrsatdi.

"Birinchisi — transport hamda infratuzilma-logistik hamkorlik. Xitoy tezyurar temiryoʻllar hamda avtomobil yoʻllari qurilishida Oʻzbekistonni qoʻllab-quvvatlamoqchi boʻlyapti. Kelajakda bu yoʻllar Oʻzbekistonni Xitoy bilan bogʻlaydi. Va bu orqali Oʻzbekiston Xitoy yaratayotgan “transport koridor”ga qoʻshiladi. Bu koridor boʻylab yuklar Qozogʻistonga, keyinchalik ehtimol, Gruziya va Ozarbayjonga, Turkiya va Yevropaga olib chiqilishi mumkin”, — deb tushuntirdi ekspert.

Gaz uzatish quvuri qurilish ishlari. - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston-Xitoy gaz quvurlari qurilishi boshlanmoqda

Bu hamkorlik Oʻzbekiston uchun foydali boʻlishi turgan gap, chunki u “Xitoy logistikasi tuzilmasida katta ulushni” qoʻlga kiritadi.

Ikkinchidan, deya taʼkidladi Maslov, Oʻzbekiston Xitoy bilan atom elektr stantsiyalari borasida hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda. Xitoy atom energetikasi sohasida yetishtirgan tayyor mahsulotlarni endilikda Oʻzbekistonga ham yetkazib berishi mumkin.

Davlatlar shuningdek, qishloq xoʻjaligi va tabiiy resurslar sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishgan. Sababi, Xitoyda ekologik toza mahsulotlarga ehtiyoj baland.  Oʻzbekiston esa oʻzining yaxshi rivojlangan qishloq xoʻjaligi hamda arzon paxtasi bilan shaharlari soni tobora ortib borayotgani sabab, yer hosildorligini boy berayotgan Xitoy uchun havodek zarur. 

Bundan tashqari ekspert ikki davlatning terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurashda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishganini ham alohida taʼkidlab oʻtdi. Maslov, shu oʻrinda, Oʻzbekiston Xitoy uchun Markaziy Osiyoda juda muhim ustun ekanligini, tengsiz hamkor boʻlishini alohida taʼkidladi.

Gaz uzatish quvuri qurilish ishlari. - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston-Xitoy gaz quvurlari qurilishi boshlanmoqda

"Agar Xitoy oʻzbek iqtisodiyotini moliyalashtirishga va kreditlashtirishga tayyor boʻlsa, Oʻzbekiston yirik Osiyo mehnat taqsimotiga kirgan boʻladi. Bu Oʻzbekiston rivojlanishida katta ilgarilashni yuzaga keltiradi. Oʻzbekiston Xitoy bilan rasman SHHT doirasida ham koʻp jabhalarda hamkorlik qilib kelayotgan boʻlsa-da, Xitoy bu tashkilotlardan tashqarida ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan koʻproq manfaat koʻrsa kerak”, — deb taʼkidladi ekspert.

Xitoy sarmoyachilari oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari hamda farmatseptika sohalari uchun katta mablagʻlarni tikishmoqda.

Xitoyda tovar ayriboshlash oxirgi olti yil ichida uch barobarga ortgan. 2014 yilda bu koʻrsatkich 4,7 milliard dollarni tashkil etdi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala