O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 78 yoshda

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari, iqtisod fanlari doktori, O‘zbekiston fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi, Rossiya aviatsiyasi va havoda suzish akademiyasi akademigi va bir qator monografiyalar muallifi Islom Karimov 1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida tavallud topgan.

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning tavallud ayyomi. O‘zbek millati yetakchisi 78 yoshni qarshi oldi.

Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif va O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov va Navoz Sharif Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi

Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.

Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodida boshlagan. 1961-yildan 1966-yilgacha V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi.

1966 yilda O‘zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o‘tib, bosh mutaxassislikdan Respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.

1983 yilda Islom Karimov O‘zbekiston SSR Moliya ministri, 1986-yilda O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o‘rinbosari, Respublika Davlat plan komitetining raisi etib tayinlandi.

1986 – 1989-yillar mobaynida Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi, 1989-yilning iyunidan boshlab O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov. - Sputnik O‘zbekiston
Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar 15%ga oshishi kutilmoqda

1990 yil 24-mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

1991 yil 31-avgust kuni Islom Karimov tarixiy voqea – O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi.

1991 yil 29-dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

1995 yil 26-martda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko‘ra Islom Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi.

2000 yili muqobillik asosida o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, Islom Karimov 7-yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

Prezident Isloma Karimov nutq so‘zlamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov: Uzbekistonda NATO harbiy bazalari joylashtirilmaydi

2007 yili muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

Islom Karimov suveren va mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta’minlash ishiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko‘rsatganligi uchun «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni, «Mustaqillik» va Amir Temur ordenlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlarning faxriy unvon, orden va medallari bilan ham mukofotlangan.

Islom Karimov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi. Ayni vaqtda u iqtisodiyot, ilm-fan, ta’lim-tarbiya sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ko‘plab xorijiy mamlakatlar universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori hamda akademigi etib saylangan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0