Botir Zokirov yubileyi sharafiga kim oshdi savdosi o‘tkaziladi

© Sputnik / Aleksey Varfolomeyev / Mediabankka o‘tish"Yalla" ansambli solistlari Farrux va Botir Zokirovlar.
Yalla ansambli solistlari Farrux va Botir Zokirovlar. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbek estradasi asoschisining 80-yillik yubileyiga bag‘ishlab aktorlar Hasan va Husan Solihovlar “Frenk Sinatra end Botir” muziklini namoyish etishadi. Botir Zokirov nomidagi fond esa eng sara taronalar jamlangan CD-diskni chiqarishni rejalashtirgan.

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. O‘zbek estradasi asoschisining 80-yillik yubileyiga bag‘ishlab O‘zbekiston yoshlar teatri aktorlari Hasan va Husan Solihovlar “Frenk Sinatra end Botir” muziklini namoyish etishadi. Botir Zokirov nomidagi fond esa qo‘shiqchining eng sara taronalari jamlangan CD-diskni chiqarishni rejalashtirgan.

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Bu yil yurtimizda o‘zbek estradasi asoschisi, ajoyib san’atkor, shoir va rassom Botir Zokirovning 80-yillik yubileyi tantanali nishonlanadi.

Yalla guruhi rahbari Farrux Zokirov. - Sputnik O‘zbekiston
Modani rasm qiluvchi “Yalla” guruhi yoxud Farrux Zokirovning yosh san’atkorlarga o‘giti

Ta’kidlanishicha, Botir Zokirov san’ati shinavandalari o‘sha kunlarda ko‘plab tadbirlar va loyihalarning guvohi bo‘ladilar. Har bir tadbir ushbu serqirra ijodkorning bir jihatini ochib berishga qaratilgan.

Eng qiziqarli tashabbuslardan biri O‘zbekiston yoshlar teatri aktorlari aka-uka Hasan va Husan Solihovlarning “Frenk Sinatra end Botir” nomli yangi muzikl postanovkasidir. Bu Solihovlarning keng miqyosli musiqiy tomoshalar yo‘nalishidagi birinchi ishi bo‘ladi.

Ayni paytda Botir Zokirov jamg‘armasi uning saylangan qo‘shiqlari jam bo‘lgan CD-disklar chiqarish tashabbusini ilgari surdi. Bu turkumning birinchi diski “Maftuningman” nomi ostida allaqachon dunyo yuzini ko‘rdi. Hozirda ikkinchi, “Majnun monologi” deb nom olgan to‘plam ustida ish olib borilmoqda.  

Bundan tashqari Botir Zokirov ijodi va taronalari motivlari asosida san’at asarlari ko‘rgazmasi o‘tkazilishi, maxsus kim oshdi savdosi uyushtirilishi, taqvimlar chiqarilishi rejaga kiritilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0