Dunyoda

Damashqdagi terakt qurbonlari soni 76 kishiga yetdi

© Sputnik / Mixail Alayeddin / Fotobankka oʻtishDamashqdagi terakt oqibatlari
Damashqdagi terakt oqibatlari - Sputnik Oʻzbekiston
«Al-Jazira» telekanali xabariga koʻra, ushbu terakt uchun javobgarlikni “Islom davlati” oʻz zimmasiga olgan.

 

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Yakshanba kuni Damashqda birin ketin sodir boʻlgan uch terakt qurbonlari soni  76 kishiga yetdi, jarohatlanganlar soni 110 kishini tashkil qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti CCTV telekanali xabariga asosan.

Damashqning shiya musulmonlari yashaydigan “Saida Zaynab” mavzeida yakshanba kuni birin-ketin uch terakt sodir boʻldi. Portlovchi moslamalardan biri  avtomobilga oʻrnatilgan boʻlib u masofadan turib portlatib yuborilgan, shu vaqtning oʻzida yana bir xudkush-terrrorchi  oʻzini yoʻnalishli avtobus ichida portlatib yubordi, bir necha daqiqadan soʻng boshqa terrorchi oʻzini odamlar orasida portlatib yuborgan.

«Al-Jazira» telekanali xabariga koʻra, ushbu terakt uchun javobgarlikni “Islom davlati” oʻz zimmasiga olgan.

Suriya TIV yakshanba kuni BMTga yuborgan murojaatnomasida, Damashqdagi ushbu teraktlar Jenevada Suriyada tinchlik oʻrnatish borasida boshlanishi kerak boʻlgan muzokaralarni buzishga qaratilgan hatti-harakat deyilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala