Moskvadagi yong‘inda ikki nafar O‘zbekistonlik qurbon bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishMoskva Sharqidagi tikuv sexida sodir bo‘lgan yong‘in
Moskva Sharqidagi tikuv sexida sodir bo‘lgan yong‘in - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvaning Sokolniki tumanida tikuv sexida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 12 kishi qurbon bo‘ldi, ular orsida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi bor.

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Moskvaning Sokolniki tumanida tikuv sexida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 12 kishi qurbon bo‘ldi, ularning ikki nafari O‘zbekiston fuqarosi, sakkiz nafari Qirg‘ziston fuqarosi va yana ikki kishi — Rossiya fuqarosi Sputnik Kirgizstan xabariga asosan. Qurbonlar orsida bir yosh bola ham borligi qayd etilmoqda.

“Yong‘indan faqat to‘rt kishi qutilib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Ulardan ikkitasi Qirg‘iziston fuqarosi, birttasi Rossiya fuqarosi va yana bir kishi O‘zbekiston fuqarosi. Qurbon bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlar tekshirilmoqda. Aniq rasmiy ma’lumot kerakli ekspertizalar yakunlanganidan keyin e’lon qilinadi”, — deb xabar berdi Qirg‘iziston elchixonasi.

30 yanvar kuni kechqurun, Moskva markaziga yaqin bo‘lgan Strominka ko‘chasida,  sanoat binolarining birida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in maydoni 3 ming metr kvadratni tashkil qildi. Yong‘in natijasida binoning tomi qulab tushdi.

 

Yangiliklar lentasi
0