Dunyoda

Eng yangi Su-35S qiruvchi samolyoti Suriyaga olib kelindi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishSu-35S qiruvchi samolyoti
Su-35S qiruvchi samolyoti - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning eng yangi, eng chaqqon Su-35S qiruvchi samolyoti jangovor vazifalarni bajarish uchun Suriyaga olib kelindi.

TOSHKENT, 1 fev – Sputnik. Rossiyaning eng yangi, eng chaqqon (manyovrli) Su-35S qiruvchi samolyoti jangovor vazifalarni bajarish uchun Suriyaga olib kelindi, Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vkili Igor Konashenkov xabariga asosan.  

Oldinroq “Kommersant” gazetasi Rossiya Su-35S samolyotini Suriyada jangovor sharoitda sinovdan oʻtkazmoqchi degan xabarni tarqatgan edi.

“Oʻtgan haftadan boshlab Su-35S, Xmeymim aviabazasida jangovor vazifalarni bajarishga kirishdi”, — dedi Konashenkov.

Eslatib oʻtamiz, Su-35S eng yangi samolyot boʻlib uning birinchi nusxalari oʻtgan yilning noyabr oyida Rossiya Harbiy havo kuchlari ixtiyoriga topshirildi. Su-35S – koʻp maqsadli qiruvchi samolyot boʻlib, havoda himoyachi bajarishi va yerdagi nishonlarga qarshi hujum qilish imkoniyatiga ega.

Su-35S bir oʻrinli, “4++” avlod qiruvchi samolyoti boʻlib, u fazali antenna panjarali eng zamonaviy radio lokatsiya stantsiyasi va tortish vektorini boshqarish imkoniga ega boʻlgan dvigatellar bilan jihozlangan. Samolyotning  takomillashtirilgan planeri (korpusi) kuchli konstruktivga ega boʻlib 30 yil davomida foydalanishga moʻljallangan.

© Sputnik / Fotobankka oʻtishSu-35S – istrebitel pokoleniya "4++"
Su-35S – istrebitel pokoleniya 4++ - Sputnik Oʻzbekiston
Su-35S – istrebitel pokoleniya "4++"

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala