Qozog‘istonlik shoumen: “Tamilaning xurmacha qiliqlari qozoq shou-biznesiga o‘tmaydi”

© kun.uzXonanda Tamila.
Xonanda Tamila. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Albatta, Tamila Qozog‘istonga kelib nimaga erisha olishini kuzatish, qiziq. Faqat bir narsani aytishim mumkin, Tamila o‘zining yuqorida tilga olingan hurmacha qiliqlari bilan Qozog‘istonda shuhrat qozonishni orzu qilmasa ham bo‘ladi”

Toshkent, 2 fev — Sputnik. Messenjerlarda xonanda Tamilaning behayo videosi tarqalishi o‘tgan haftaning eng shov-shuvli voqealaridan biriga aylandi. Bu voqeadan so‘ng  Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali Tamila ijodini kuzatib borayotgan 114 mingdan ortiq foydalanuvchilarning aksariyati xonandaga haqoratli so‘zlar bilan murojaat qilib, uni hayosizlikda ayblashdi.

Oradan bir oz vaqt o‘tib xonandaning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi o‘chirildi va Tamilaning Qozog‘istonga ko‘chib ketganligi haqida xabar tarqaldi. Sputnik-O‘zbekiston Qozog‘iston shou-biznesi vakili, mashhur teleboshlovchi Serik Akishev bilan bog‘lanib, uning ushbu mojaro yuzasidan fikri bilan qiziqib ko‘rdi.

 

 

Serik Akishev, Qozog‘istonlik shoumen:

"Tamila nima uchun Qozog‘istonga yo‘l olgani kundek ravshan. Sababi, birinchidan Qozog‘iston O‘zbekiston bilan qo‘shni. Ikkinchidan o‘zbek shou-biznesining ko‘pgina vakillari uchun Qozog‘iston o‘z mahsulotlarini o‘tkazish imkonini beruvchi yangi maydonga aylangani sir emas. Ba’zan endi shu sohaga kirib kelayotgan o‘zbek yulduzlari uchun ham bu maydon tramplin vazifasini o‘tamoqda.

Fikrimcha, agar Tamila Qozog‘istonga o‘z konsert faoliyatini davom ettirish maqsadida ko‘chib o‘tgan bo‘lsa, bu yo‘lda u to‘siqqa uchramaydi. Lekin mashhurlik borasida biror narsa deyishim qiyin. Misol uchun, men shunday qo‘shiqchi borligi haqida birinchi marta eshitib turibman. O‘sha janjalli videorolik bo‘lmaganida, Tamillaning borligi haqida xabar topmasdim.

Balki bularning barcha unutilib, xonanda o‘z konsert faoliyatini davom ettirar ham…

Xonanda Tamila. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zi bilan bog‘liq mojarolardan keyin xonanda Tamila O‘zbekistonni tark etdi

Faqat bir narsani aytishim mumkin, agar qozog‘istonlik yulduzlarning birortasi o‘zini shunday ahloqsiz tutganida, xalq unga yaxshi munosabatda bo‘lmasdi. Umuman, Rossiya shou-biznesida ham, birorta yulduz yarim-yalang‘och holda jamoat joyda paydo bo‘lsa, uning bu qilig‘i odamlarda tushunmovchilik uyg‘otishi tabiiy edi. Shu bois, Tamilaning behayo hatti-harakatlari uning sha’niga dog‘ tushirdi, deb aytish mumkin.

Albatta, Tamila Qozog‘istonga kelib nimaga erisha olishini kuzatish, qiziq. Faqat bir narsani aytishim mumkin, Tamila o‘zining yuqorida tilga olingan xurmacha qiliqlari bilan Qozog‘istonda shuhrat qozonishni orzu qilmasa ham bo‘ladi”

 

Yangiliklar lentasi
0