Ar-Riyodning 150 ming askari Suriyaga kirishga tayyor

Obuna bo‘lish
Harbiylarni tayyorlash mashg‘ulotlari Saudiya Arabistoni hududida o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulotlarda Saudiya, Misr, Sudan hamda Iordaniya harbiylari qatnashmoqda.

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Saudiya Arabistoni va uning arab mamlakatlari orasidagi ittifoqdoshlari Suriya hududida jangarilarga qarshi kurash uchun 150 ming nafar harbiyni tayyorlamoqda, RIA Novosti CNN telekanali ma’lumoti asosida.

Qirollikdagi ishonchli manbadan olingan xabarlarga ko‘ra, tayyorgarlik mashg‘ulotlari Saudiya Arabistoni hududida o‘tmoqda. Ularda saudiyachilar bilan bir qatorda Misr, Sudan hamda Iordaniya harbiylari ishtirok etmoqda.

Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla ibn Abdul-Aziz Al Saud - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni qo‘shinlarini Suriyaga olib kirmoqchi

Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi rahbari maslahatchisi Ahmad Asiri payshanba kuni qirollik Suriyaga o‘z qo‘shinini yuborishga tayyorligi haqida e’lon qilgan edi. Ammo avvaliga Saudiya Arabistonining ushbu qarori AQSh boshchiligidagi koalitsiya tasdig‘idan o‘tishi lozimligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, “Islom davlati”ga qarshi kurash uchun yagona front mavjud emas. Suriya va Iroq hukumat harbiylari, AQSh boshchiligidagi koalitsiya, shuningdek, qurdlar, liviya, iroq shia ko‘ngilli askarlari ushbu terrorchilik guruhiga qarshi kurash olib borishmoqda.

Harbiy harakatlar oqibatida yuz minglab tinch aholi qurbon bo‘ldi, millionlab insonlar qochoqlarga aylandi.

O‘tgan yilning 30-sentabridan boshlab Rossiya ham Suriya prezidenti Bashar Asad iltimosiga binoan Suriyadagi “ID” va “Jabhat an-Nusra” terrorchilik uyushmalari obyektlariga qarshi aviazarbalarni amalga oshira boshladi.

Yangiliklar lentasi
0