Donald Tramp Nobel mukofotiga tavsiya etildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishAmerikalik milliarder va teleboshlovchi Donald Tramp.
Amerikalik milliarder va teleboshlovchi Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikaning CNN telekanali xabariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar prezidentligiga nomzod Donald Tramp “sirli homiy tomonidan” tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga tavsiya etilgan.

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. AQSh prezidentligiga nomzod, milliarder Donald Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi, xabar qilinadi CNN telekanali saytida, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Amerikalik milliarder va teleboshlovchi Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Donald Tramp: men kimnidir otib tashlasam ham, saylovchilarimni yo‘qotmayman

"Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Tramp sirli homiy tomonidan 2016-yil tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod etib ko‘rsatildi, ta’kidlaydi Kristian Berg Xarpviken (har yili ushbu mukofotga nomzodlar ro‘yxatini tuzuvchi Norvegiyadagi Dunyo muammolarini tadqiq qilish instituti rahbari, tahr.)", — deyilgan xabarda.

Ushbu mukofotga, shuningdek, suriyalik qochoqlarga yordam qo‘lini cho‘zgan greklar guruhi, “Islom davlati” terrorchilari changalidan qochishga muvaffaq bo‘lgan qul-ayol, Kolumbiyadagi ellik yildan buyon tinchimayotgan fuqarolar urushiga xotima yasagan muzokara ishtirokchilari va boshqalar nomzod etib ko‘rsatilgan. 

O‘zining saylovoldi tashviqotlarida Tramp bir necha bor “Islom davlati” terrorchilarini bomba tashlab yo‘q qilishga, Rossiya bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga, AQShga buyuk davlat maqomini qaytarishga va’da bergan. Milliarder, shuningdek, AQShga musulmonlarni kiritmaslikni va mabodo, Pekin o‘z valyutasi kursini pasaytirishni to‘xtatmas ekan, Xitoy tovarlari uchun 45% davlat boji belgilashni taklif qilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0