Mashhur skripkachi Sergey Krilov Toshkentda konsert berdi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSergey Krilov
Sergey Krilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Musiqa fondining “Oltin me’rosi”ni Krilov O‘zbekiston Milliy orkestri bilan birgalikda ijro etdi.

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Butun dunyoga mashhur skripkachi Sergey Krilov yakshanba kuni Toshkentda birinchi bor konsert berdi. Krilov rus va o‘zbek klassik musiqa asarlarini ijro etdi.  

“Turkiston” saroyida bo‘lib o‘tgan kecha dasturida Petr Chaykovskiyning skripka uchun konserti va to‘rtinchi simfoniyasi ijro etildi. Musiqaning “oltin me’rosi” fondi asarlarini Krilov O‘zbekiston Milliy orkestri bilan birgalikda ijro etdi.

“Orkestr musiqachilari va men Sergey Krilovning skripka chalish mahoratiga mahliyo bo‘ldik. Uning ijrosida yuksak mahorat va ijro etilayotgan asarlarini dohiyona talqin etish birgalikda qo‘shilib ketgan”, — dedi Milliy orkestr dirijeri Aziz Shohakimov.

Oldin faqat o‘zbek musiqachilari tomonidan ijro etilgan Sulaymon Yudakovning “Xorazmda bayram namoyishi” asari "Rossiya Paganinisi” va o‘zbek orkestrining birgalikda ijro etgan birinchi asari bo‘ldi.

Sergey Krilov 1970-yilda Moskvada, taniqli skripkachi usta va pianino chaluvchi ayol oilasida tug‘ildi. Moskva konservatoriyasi bitiruvchisi, 1989-yildan buyon Italiyada yashab kelmoqda. Bugungu kunda san’atkor butun dunyo bo‘ylab gastrollarda yakkhon ijrochilikni dirijerlik bilan almashtirib kelmoqda. Krilov  Litva orkestri bosh dirijeri, 2012-yilda esa u Shveysariyaning Lugano Konservatoriyasi professori nomiga sozovor bo‘ldi.

 

Yangiliklar lentasi
0