Jamiyat

Oʻzbekistonda taʼqiqlangan kompyuter oʻyinlari roʻyxati paydo boʻldi

© Jean-Pierre DalbéraBolalar kompyuter oʻynamoqda
Bolalar kompyuter oʻynamoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻyinlarni taʼqiqlash haqidagi qaror tajribali pedagoglar, psixologlar va boshqa mutaxassislar tomonidan qabul qilinadi.

TOSHKENT, 7 fev — Sputnik. Toshkent shahar Kengashi poytaxt Hokimiyati qoshidagi Maʼnaviyat markazi bilan birgalikda, taʼqiqlangan kompyuter oʻyinlari roʻyxatini ishlab chiqdi, deb xabar berdi "Kamolot" yoshlar tashkiloti vakili.  

Shafqatsizlik, zoʻravonlik, diniy ekstremizm va qimorbozlikni targʻib qiluvchi, yoki shahvoniy sahnalarga ega boʻlgan oʻyinlar taʼqiqlangan oʻyinlar roʻyxatiga kiritilishi mumkin.  

“Bugungi kunda kompyuter oʻyinlari koʻplab bolalarning hayoti va butun nervi tizimini egallab olmoqda. Jamiyatda doimiy ravishda shafqatsiz oʻyinlarning bolalarning hali yosh psixikasiga taʼsiri oʻrganilmoqda. Shu sababdan ekspertlar eng yomon oʻyinlar roʻyxatini tuzdi. Yangi oʻyinlar paydo boʻlishi bilan ushbu roʻyxatni toʻldirib boriladi”, — dedi “Kamolot” yoshlar tashkiloti vakili.

Vakilning soʻzlariga qaraganda, ushbu faoliyat eng tajribali pedagoglar va psxiologlardan  maxsus tashkil qilingan komissiya tomonidan olib borilmoqda. Oʻyinlarga nafaqat shafqatsizlik yoki zoʻravonlik nuqtai nazaridan balki ularning oʻzbek maʼnaviyatiga toʻgʻri kelish-kelmaslik, va boshqa millatlarning ruhiy toʻygʻulariga taʼsiri, qimorbozlikni targʻib etish, axloqsizlik kabi jihatlariga qarab baho beriladi.    

Bugungi kunda butun jahon hamjamiyati  kompter oʻyinlarining bolalar psixikasiga taʼsirini oʻrganib chiqmoqda. Oʻzbekistonda yosh avlodni ommaviy madaniyatning zararli taʼsiridan himoya qilish mexanizmi ishlab chiqilgan. Xususan, bolalarni, ularning sogʻligʻiga va rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan maʼlumotlardan himoya  qilish haqida qonun ishlab chiqilmoqda. Undan tashqari mamlakatda audiovizual  mahsulotlarni va kompyuter oʻyinlarini yoshiga qarab cheklash oʻrnatish va ushbu maʼlumotni mahsulotning markirovkasida majburiy koʻrsatish borasida ish olib borilmoqda.

Mutaxassislar fikriga koʻra, buning natijasida ota-onalar biror oʻyinni sotib olishdan oldin, u bolaga toʻgʻri keladimi-yoʻqmi hal qilishlari mumkin. 

“Kamolot” yoshlar harakati nodavlat, notijorat tashkilot boʻlib, u 2001 yilda, ixtiyoriy ravishda, oʻz-oʻzini boshqarish tizimida tashkil qilingan. Hozirgi kunda, Ruspublika boʻyicha “Kamolot”ning 14 ming birlamchi boʻlimlari bor va unga 4 mln  yoshlar aʼzo boʻlgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala