Jamiyat

2016 yil Haj safariga Oʻzbekistondan 5200 kishi qatnashadi

© Ali MansuriSaudiya Arabistonida Makka shahri
Saudiya Arabistonida Makka shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston respublikasi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj vaziri Bandar Hajjor bilan uchrashdi.

 

TOSHKENT, 8 fev — Sputnik. Oʻzbekiston respublikasi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj vaziri Bandar Hajjor bilan uchrashdi. Uchrashuvda oʻtgan yilgi Haj mavsumi natijalari va kelasi Haj mavsumidagi oʻzaro vazifalar belgilab olindi, Din ishlari qoʻmitasi xabariga asosan.

Doktor Bandar Hajjor Oʻzbekiston hojilariga safar oldidan vatanlarida Haj ibodatlari va tashkiliy masalalar boʻyicha mashgʻulotlar oʻtilishi, guruh rahbarlari, ishchi guruhi va tibbiyot xodimlari Haj mavsumini chiroyli oʻtishiga sabab boʻlayotganini bildirdi. Buning uchun Oʻzbekiston delegatsiyasiga tashakkur izhor qildi.

Kelasi Haj mavsumiga tomonlar Oʻzbekiston hojilariga koʻrsatiladigan xizmatlarni bundanda chiroyli va namunali boʻlishiga koʻriladigan choralarni belgilab olishdi. 2016 yil mavsumda Oʻzbekistondan 5200 kishi Haj ibodatini ado etishlariga kelishib olindi.

Oʻzbekiston tomonidan uchrashuvda shuningdek, Haj va umra ishlari boʻyicha attashe Zafar Abdullayev xamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasining Saudiya Arabistonidagi vakili Muxtor Xaitov ishtirok etdi.

Saudiya tomonidan uchrashuvda Haj vazirligi boshqarma boshliqlari, Tashqi va ichki ishlar vazirliklari vakillari ishtirok etishdi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala