Motoo‘qchilar “dushman”ni snegoxodlarda ta’qib qilishdi

Obuna bo‘lish
Alohida arktik motoo‘qchi brigada askarlari Murmansk yaqinida o‘tkazilgan harbiy o‘quv mashg‘ulotlarda “dushman”ni snegoxodlarda ta’qib qilishdi.

Murmansk viloyatining Alakurtti aholi punkti yaqinida joylashgan Shimoliy dengiz flotining alohida motoo‘qchi brigadasida jangovor tayorgarlikni tekshirish bo‘lib o‘tdi.  

Harbiy xizmatchilar jangovor trevoga bo‘yicha belgilangan joyga yetkiziladi. Ularning vazifasi “terrorchilik amalga oshirishni niyat qilgan terrorchilarni topish va yo‘q qilish” deyishdi muassasada.

“Ushbu vaziyatda birinchi navbatda bo‘lim harakatlarining muvofiqlashtirilishiga e’tibor berildi, xususan u yoki bu vaziyatda har bir askar qanday harakat qilishi muhokama qilindi”,  - dedi motoo‘qchi brigadasining komandiri Aleksandr Drobinin.

Shu bilan birga qo‘l jangi priyemlariga ham “ishlov berildi”.

“Arktik motoo‘qchilar o‘rmon massivida harakatlanishning turli usullarini sinab ko‘rishdi. Ulardan biri, A-1 snegoxodi va chang‘i yordamida harakatlanishdir. Bunday uslub bo‘lim komandiri va pulemotchi snegoxodda 8-10 chang‘ichini tortib harakatlanishni nazarda tutadi”, — deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmatida. 

 

Yangiliklar lentasi
0