Toshkent aholisi Vazirlar mahkamasidan chinorlarni kesishni to‘xtatishni so‘radi

Obuna bo‘lish
Poytaxt aholisi chinorlarni kesishni to‘xtatishni so‘rab murojaat qildi. Respublika Vazirlar mahkamasiga yuborilgan xatda 50ka yaqin kishi imzo qo‘ygan, internetda joylashtirilgan murojaatnomani esa 3,5 mingdan ziyod kishi imzolagan.

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Toshkent aholisi poytaxt va boshqa shaharlarda chinorlarni kesishga o‘z qarshiligini bildirib, respublika Vazirlar mahkamasiga kollektiv xat yuborishdi,  Gazeta.uz xabariga ko‘ra.

Nashr xabariga ko‘ra, xatga 46 kishi o‘z imzosini qo‘ygan. Ularning fikriga ko‘ra, ushbu vaziyatda qo‘l qo‘yganlar soni emas, balki shahar aholisining poytaxt taqdiriga befarq qolmaganidir zarur.

“Toshkent aholisini poytaxt va boshqa shaharlarda daraxtlar kesilishi juda ham bezovta qilmoqda. Daraxtkesarlar qo‘lidan birinchi navbatda Chinorlar zarar ko‘rmoqda. <…> Shahar ko‘chalarida soya qolmadi. Havo issig‘ida odamlarga jazirama quyoshda yurishga to‘g‘ri keladi. Daraxtlar Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand va boshqa shaharlarda ham o‘tkazilgan. Mansabdor shaxslarning chinor zararli daraxt degan gaplari umuman mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Ushbu daraxtlarni ko‘p mamlakatlarda avaylab asrab ko‘kartirishadi”, —  deyilgan xabarda. 

Murojaat qilganlar o‘simliklarni saqlash xizmatini qayta tiklashni va qonunbuzarlarni javobgarlikka tortishni talab qilishmoqda. Keslgan daraxtlar o‘rniga boshqa, mahalliy sharoitga mos kelmaydigan daraxtlar eksilmoqda yo ushbu joylar beton qilinib boshqa maqsadlarda ishlatilmoqda.

Change.org onlayn murojaatlar sahifasida Toshkent hokimiyati va Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga yuborilgan chinorlarni kesishni to‘xtatish haqidagi murojaatnomani 3,5 ming kishi imzolagan.

Oldin Davlat Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, ushbu hodisani izohlab, kesilayotgan daraxtlar asosan bu eskirgan daraxtlar, ularning o‘rniga bahorda yangilari ekiladi degan edi. Daraxtlarni kesish shahar ko‘chalarining kengayishi bilan bog‘liq. Toshkentda yozda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ShHT rahbarlari sammitiga tayorgarlik ketmoqda deyishgan edi.

2015 yil avgustida Toshkentda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ShHT sammitiga tayorgarlik doirasida, markaziy magistral ko‘chalarni yangilash boshlangan edi. Tayorgarlik doirasida shahar yo‘llarini ta’mirlash, panjaralar o‘rnatish, ba’zi joylarning arxitektura ko‘rinishini yangilash va yoritish chiroqlarini o‘rnatish nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0