Putin Bahrayn qiroliga axalteke zotli tulpori sovg‘a qildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putinning Bahrayn qiroli Hamad bin Iso al-Xalifa bilan uchrashuvi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Bahrayn qiroli Hamad bin Iso al-Xalifa bilan uchrashuvi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti va Bahrayn qiroli o‘zaro sovg‘alar bilan alishishdi. Qirol Putinga damashq po‘latidan yasalgan, dastasi qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan G‘alaba qilichini sovg‘a qildi. Putin qirolga axalteke zotli Xojibek tulporini hadya etdi.

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Bahrayn qiroli Hamad bin Iso al Xalif Rossiya prezidenti Vladimir Putinga damashq po‘latidan yasalgan, dastasi qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan G‘alaba qilichini sovg‘a qildi. Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu qilich shaxsan qirol buyurtmasiga binoan yasalgan, RIA Novosti xabari asosida.

Rossiya yetakchisi esa mehmonga to‘rt yashar axalteke zotli tulporini hadya etdi, xabar beradi Rossiya prezidenti matbuot-xizmati.

"Rossiya prezidenti va Bahrayn qiroli o‘zaro sovg‘alar bilan alishishdi. Qirol Rossiya prezidenti Vladimir Putinga damashq po‘latidan yasalgan, dastasi qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan G‘alaba qilichini sovg‘a qildi", — ta’kidlashdi matbuot-xizmatida.

Rossiya yetakchisi qirolga 2012-yilda tug‘ilgan Xojibek tulporini in’om etdi.

Hojibek tulpori zot bo‘yicha — "2015 yil jahon chempioni” va “2014 yil jahonning mutlaq chempioni" deb tan olingan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0