Germaniyada poyezdlar to‘qnashuvida 8 kishi qurbon bo‘ldi

© AP Photo / Matthias SchraderBad-Ayblingda qutqaruv operatsiyasi
Bad-Ayblingda qutqaruv operatsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniyaning Bad-Aybling shahri yaqinida temir yo‘l halokatida 8 kishi qurbon bo‘ldi, 150 kishi jarohatlandi.

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Rozenxaym shahri politsiyasi rasmiy vakili, Bavariyada ikki poyezd to‘qnashuvida 8 kishi qurbon bo‘lganini va 150 kishi jarohatlanganini, ular orasida 50 kishi og‘ir jarohat olganini xabar qildi.  

“Ha, men hozir 8 kishi qurbon bo‘lganini tasdiqlashim mumkin. 50 kishi og‘ir yaralangan va yana 100 kishi yengil yaralangan”, — dedi politsiya rasmiy vakili.

Politsiya xabariga ko‘ra, avariya sodir bo‘lgan joyda qidirish ishlari olib borilmoqda, qurbonlar soni oshishi mumkin.

Ushbu fojea sababi terrorchilik bo‘lishi mumkin-mi degan savolga. politsiya vakili keskin "Yo‘q", — deb javob berdi.

Poyezdlar to‘qnashuvi Bavariya viloyatida, Bad-aybling shahri yaqinida seshanba kuni ertalab sodir bo‘ldi. Avariya sodir bo‘lgan joyda hozir 100ga yaqin qutqaruvchilar va vrachlar, bir necha vertoletlar ishlamoqda. Avriayada ikki poyezd yuzma-yuz to‘qnashgan, ulardan biri temir yo‘ldan chiqib ketgan. Fojea sabablari hozir batafsil o‘rganilmoqda.

© Foto : Twitter/ Münchner MerkurTwo Passenger Trains Collide in Germany, Casualties Reported
Two Passenger Trains Collide in Germany, Casualties Reported - Sputnik O‘zbekiston
Two Passenger Trains Collide in Germany, Casualties Reported

 

Yangiliklar lentasi
0