Dunyoda

Amerika razvedkasi: “Islom davlati” kimyoviy quroldan foydalanyapti

AQSH milliy razvedkasi rahbari Jeyms Klepperning xabariga koʻra, “Islom davlati” terrorchilari Suriyadagi hujumlarda iprit – moysimon zaharli moddadan foydalanishgan.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. "Islom davlati" jangarilari kimyoviy qurolni yaratishga va uni Yaqin Sharqda joylashtirishga muvaffaq boʻldilar, deb xabar qiladi RIA Novosti Independent nashri hamda AQSH razvedkasi direktori Jyeyms Klepperning soʻzlariga tayangan holda.

Dunyoda
BMT “Islom davlati”ning daromad manbaini fosh qildi

Amerika milliy razvedkasi xizmati rahbarining soʻzlariga qaraganda, terrorchilik uyushmasi Suriya hamda Iroqdagi janglarda xantal gazi(iprit)- moysimon zaharli moddadan foydalanishgan.

“Bizning taxminimizcha, regionlardagi tashqi kuchlar… jangovar harakatlar davomida kimyoviy vositalardan foydalanishmoqda”, — deb taʼkidladi Klepper, qurolli kuchlar boʻyicha senat qoʻmitasiga bayonot berar ekan.

Klepperning taʼkidiga qaraganda, avgust oyida oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida “ID” jangarilarining jangovar harakatlaridan keyin kamida ikkita odam xantal gazidan zaharlanganligi aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala