O‘z erini o‘ldirishga buyurtma bergan ayol fosh bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishQamoq.
Qamoq. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eh, ayollar... Rashk ko‘zini ko‘r qilsa, hatto qanday jinoyatga qo‘l urishayotganini o‘ylab ham o‘tirishmaydi. Mana, bugungi “qahramonimiz” rashk tufayli o‘z erini hatto o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Bu uchun qotildan 15 000 $ni ham ayamagan...

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Jinoyatga qo‘l urgan ayol eri bilan 1982-yilda turmush qurgan. Ular to‘rt farzandli bo‘lishgan. Ammo oradan yillar o‘tib, ayol eridan asossiz shubhalana boshlaydi. Erini doim xiyonatda aylab keladi, xabar qiladi kun.uz sayti “Huquq” gazetasi asosida.

Yong‘in holati. - Sputnik O‘zbekiston
Manba: Rossiyadan ishdan bo‘shatilgan o‘zbekistonlik o‘z ota-onasini yoqib yubordi

 Rashkdan ko‘zi “ko‘r” bo‘lgan ayol eriga qasdma-qasdiga xiyonat ko‘chasiga kiradi va shu yo‘l bilan alamidan chiqmoqchi bo‘ladi. Xotinining hatti-harakatlariga chiday olmagan er 2003-yilda u bilan butkul aloqani uzadi. Biroq farzandlar ertasini o‘ylab, rasman ajrashmaydi. Bir ayolni sha’riy nikohiga olib, u bilan yashab yuradi. Farzandlarini uylab-joylashga ko‘maklashadi.

Or-nomusini saqlay olmagan ayol esa turli joylarda ishlab, kun ko‘rib yuradi. Alamzada bu ayol baxtsizligiga chiday olmay, 2014-yilda erining joniga suiqasd qilib, mol-mulkini o‘zlashtirish haqida reja tuzadi. Bu niyatini amalga oshirish uchun dugonasidan yordam so‘raydi. Ammo dugonasi bir necha bor shashtidan qaytaradi. Ko‘zi nafratga to‘lgan ayol esa “Sen yordam bermasang, bu ishni o‘zim tugataman”, deydi.

Niyati jiddiy ekanini anglagan dugonasi, uni to‘xtatish uchun reja tuzadi. Ayolga telefon qilib, yollanma qotil topganini aytadi va uni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonga chaqiradi. Ayol erini o‘ldirish uchun qotilga 15 ming AQSh dollari berishini aytadi. Kunini belgilab, kelishib olishadi. Ayol oldindan 100 AQSh dollarini hatto “yollanma qotil” cho‘ntagiga solib qo‘yadi.

O‘zbekiston chegarasi. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda odam savdosi bilan shug‘ullangan jinoyatchilar qo‘lga olindi

Erining hayotiga suiqasd uyushtirgan ayolning dugonasi ushbu suhbat va kelishuvlarni audio tasmaga yozib olgan edi. Fursatni boy bermay, dalillarni huquqni muxofaza qilish organlariga topshiradi. Shu tariqa toshkentlik ayolning jinoiy kirdikorlari fosh bo‘ldi.

Tergov-surishtiruv jarayonida o‘z aybiga iqror bo‘lgan ayblanuvchi Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi hukmiga ko‘ra, 8-yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Yangiliklar lentasi
0