Dunyoda

OAV: Pokiston sobiq prezidenti Musharraf kasalxonaga yotqizildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishParvez Musharraf. Pokiston sobiq prezidenti.
Parvez Musharraf. Pokiston sobiq prezidenti. - Sputnik Oʻzbekiston
Pokiston sobiq prezidenti Parvez Musharraf uyda vaqtiligida oʻzini yomon his qilib, hushdan ketdi. Hushdan ketish sababi bosim oshishi tufayli yuz berganligi taʼkidlanmoqda.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Pokiston sobiq prezidenti Parvez Musharraf hushdan ketganligi sababli, zudlik bilan Karachi shahridagi kasalxonalarning biriga yotqizildi, xabar qiladi RIA Novosti Dunya News telekanali sayti xabari asosida.

Telekanal bergan maʼlumotlarga qaraganda, Musharraf oʻzini yomon his qilib, hushdan ketgan vaqtida uyda boʻlgan. Hushdan ketish sababi bosim oshishi natijasida yuz berganligi taʼkidlanmoqda.

Yetmish ikki yashar sobiq prezident hozirda tibbiy koʻrikdan oʻtmoqda.

Musharraf 2014 yilda ham yuragidagi muammolar tufayli Ravalpindi shahrida kasalxonaga yotqizilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala