O‘zbekistonda benzin qimmatmi?

© Sputnik / Taras Litvinenko / Mediabankka o‘tishAYoQSh va AZLK
AYoQSh va AZLK - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoda benzinning o‘rtacha narxi 0,96 dollarni tashkil qildi, Global Petrol Prices kompaniyasi 181 mamlakatda benzin narxini o‘rganib chiqdi.

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Global Petrol Prices ning benzin eng arzonlik reytingida O‘zbekiston 181 mamlakat orasida 50- o‘rinni egalladi, O‘rta Osiyo mamalkatlari orasida O‘zbekiston beshinchi o‘rinda.

Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, eng arzon yonilg‘i – Venesuela, Quvayt va Saudiya Arabistonida. Turkmaniston to‘rtinchi o‘rinda, Qozog‘iston – 8, Rossiya – 15, Qirg‘iziston – 17 va Tojikiston – 42 o‘rinlarni egallab kelmoqda.  

 

Butun dunyo bo‘ylab benzinning o‘rtacha narxi 0,96 dollarni tashkil qildi. Global Petrol Prices mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlarda benzin qimmatroq, kambag‘al mamlakatlar esa arzonroq ekan.

Dunyoda bozorida neftning narxi bir xil bo‘lganiga qaramasdan, turli mamlakatlarda yonilg‘i narxi bir-biridan farq qilishi, yonilg‘i chakana savdosi sohasida har bir mamlakatda amal qilayotgan soliqlar, aksizlar va subsidiyalar evaziga paydo bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda yil boshidan beri Ai-80 benzini va dizel yonilg‘isi narxi 2075 so‘ni tashkil qildi. Ai-91 benzini esa, 2280 so‘mni tashkil qildi.Suyultirilgan va siqilgan gaz soliqlari ham 30 va 35 so‘mga oshdi.

Benzin O‘zbekistonda nisbatan arzon bo‘lsada ba’zan taqchil bo‘lib turadi. "O‘zneftmaxsulot" bunday ma’lumotlarni, o‘ziga xos ravishda, doimo inkor qilib kelsada, har necha oyda, poytaxt AYoQShlarada ulkan navbatlarni ko‘rib turamiz. Boshqa shahar va viloyatlarda sharoit undan ham “qiziq”.

 

Yangiliklar lentasi
0