Dunyoda

Manba: Erdoʻgʻon maʼmuriyati rossiyalik xuliganlar qoʻngʻirogʻi yolgʻonligini taʼkidlamoqda

Turkiya prezidenti maʼmuriyati rossiyalik pranker(telefon xuligan)lar Vovan hamda Leksusning Ukraina rahbariyati nomidan Erdoʻgʻon bilan qurgan “suhbatini” yolgʻon, deb taʼkidlamoqda.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik, Alen Palajchenko. Turkiya prezidenti maʼmuriyatidagi manba rossiyalik prankerlarning Turkiya prezidentiga qoʻngʻiroq qilishgani toʻgʻrisidagi xabarni inkor etmoqda, xabar qiladi RIA Novosti.

Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Turkiya prezidenti rossiyalik telefon xuliganlariga kulgi boʻldi

Bundan sal oldin rossiyalik telefon xuliganlari sifatida tanilgan Vladimir Kuznetsov va Aleksey Stolyarov(Vovan hamda Leksus), Ukraina prezidenti Petr Poroshenko va Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk nomidan Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon bilan suhbat qurishgani haqida taʼkidlashgan edi.
"Men bu haqda hech qanday gap eshitganim yoʻq, lekin shuni aytishim mumkinki, prezidentga osonlikcha qoʻngʻiroq qilishning iloji yoʻq. Bunday muzokaralar uchun maxsus aloqa kanallari hamda alohida jarayon taqazo etilishi sababli, bu xabarni yolgʻon deb hisoblayman”, dedi suhbatdosh.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala