Dunyoda

Medvedev: jahondagi holat fojiali, yagona Yevropa endi yoʻq

Jahondagi ahvol fojiali, yagona ulkan Yevropa oldin ham boʻlmagan edi, hozir ham yoʻq, Yevropa Ittifoqi va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar darz ketgan, Ukraina — fuqarolar urushi iskanjasida, deb taʼkidlamoqda ossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev.

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Jahondagi ahvol fojiali, yagona ulkan Yevropa oldin ham boʻlmagan edi, hozir ham yoʻq, Yevropa Ittifoqi va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlar darz ketgan, Ukraina — fuqarolar urushi iskanjasida, Yaqin Sharqda ham mojarolar tobora jiddiy tus olmoqda, migratsiya inqirozi oʻzining eng xavfli nuqtasiga yetib keldi, deb taʼkidladi shanba kuni Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev xavfsizlik boʻyicha Myunxenda oʻtgan anjumanda soʻzlagan nutqi davomida.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin Obama soʻzlari borasida: boshqa davlatlar haqida kamsitib gapirish – xato

“Anjumanga kelish oldidan men prezident Vladimir Putin bilan uchrashdim. Vladimir Vladimirovich bilan uning 2007 yil Myunxendagi chiqishini muhokama qildik. Oʻshanda Putin ideologik qoliplar, ikki yoqlama standartlar xalqaro munosabatlardagi ziddiyatni bartaraf etishga yordam bermasligi,  aksincha, tobora kuchaytirishi, xalqaro hamjamiyat buning natijasida muhim siyosiy qarorlarni qabul qila olmaydigan holatga kelib qolishi, uning bu borada imkoniyati tobora chelanib boraverishi haqida gapirgan”, — dedi Medvedev.

Bosh vazir oʻsha vaqtda voqealar boʻrttirib koʻrsatilmaganmidi degan savolni oʻrtaga tashladi. “Afsus, shuni aytishim lozim, 2007 yildan buyon voqealar rivoji yanada jiddiy tus oldi. Shu kechayu-kunduzda ahvol fojia yoqasiga kelib qoldi. Yagona ulkan Yevropa bundan oldin boʻlmagani kabi, hozir ham mavjud emas, bizning iqtisodiyot, umuman, dunyo boʻyicha iqtisodiyot juda sust rivojlanmoqda. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlarida mojarolar xavfli tus olmoqda, migratsiya inqirozi oʻzining eng baland choʻqqisiga yetdi. Yevropa Ittifoqi va Rossiya munosabatlari darz ketdi, Ukrainada fuqarolar urushi alanga oldi”, — deb taʼkidladi Bosh vazir.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 12-14 fevral kunlari Myunxenda xavfsizlik boʻyicha anʼanaviy anjuman oʻtkazilmoqda. Bu yil anjuman ishtirokchilari oʻrtasida Suriyadagi urush va migratsiyaga oid inqiroz masalalari muhokama qilinmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala