Dunyoda

Poroshenko Litva prezidentini Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni uzaytirishga chaqirdi

© Sputnik / Mixail Markiv / Fotobankka oʻtishUkraina prezidenti Pyotr Poroshenko.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko. - Sputnik Oʻzbekiston
Myunxenda boʻlib oʻtayotgan xavfsizlik masalalariga qaratilgan anjuman doirasida Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Litva Respublikasi rahbari Dalya Gribauskayte bilan uchrashuv oʻtkazdi.

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Myunxenda boʻlib oʻtayotgan xalqaro xavfsizlik anjumanida litvalik hamkasbi Dalya Gribauskayteni Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni uzaytirishga chaqirdi, deb xabar qildi Ukraina prezidenti matbuot-xizmati.

Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Medvedev: jahondagi holat fojiali, yagona Yevropa endi yoʻq

"Xavfsizlik masalalari boʻyicha Myunxenda oʻtkazilgan anjuman davomida prezident Pyotr Poroshenko Litva rahbari Dalya Gribauskayte bilan uchrashdi. Poroshenko litvalik hamkasbini hozirda Donbassdagi vaziyatdan xabardor qilib, Rossiyaga qarshi sanktsiyalar uzaytirilishi lozimligi taʼkidladi. Poroshenkoning soʻzlariga qaraganda, Rossiya “Minsk-2” kelishuvi boʻyicha shartlarni bajarmayapti”, — deyiladi Ukraina prezidenti matbuot-xizmati xabarida.

Ukraina hukumati va Gʻarb mamlakatlari Moskvani koʻp marta Kiyevning ichki ishlariga aralashayotganlikda ayblab kelishgan. Rossiya esa bu ayblovlarni inkor etib, ularni asossiz deb atab kelgan. Moskva oʻzining Ukrainadagi ichki ziddiyatlarga hamda mamlakat janubi-sharqidagi mojarolarga aloqador emasligini, aksincha, Kiyev siyosiy va iqtisodiy inqirozni yengib olishidan manfaatdorligini koʻp bor takrorlab kelgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala