Dmitriy Medvedev "Uchinchi jahon urushi" yuz berishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ta’kidladi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishRossiya Bosh vaziri D. Medvedev Munxendagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro anjumanda ishtirok etdi.
Rossiya Bosh vaziri D. Medvedev Munxendagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro anjumanda ishtirok etdi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dmitriy Medvedev “sovuq urush” avj olishi yoxud “uchinchi jahon urushi” kelib chiqishining oldini olish uchun qarama-qarshiliklarni to‘xtatib, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga chaqirdi.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Rossiya Federatsisi va NATO munosabatlari yangi “sovuq urush” darajasigacha tushib ketdi, NATO siyosati Moskvaga qarshi, dushmanchilik kayfiyatida va yopiq ko‘rinishda olib borilmoqda, dedi Medvedev Munxendagi anjuman minbaridan turib, RIA Novosti xabari asosida.

Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev. - Sputnik O‘zbekiston
Medvedev: jahondagi holat fojiali, yagona Yevropa endi yo‘q

"Biz haqimizda deyarli har kuni yo butun boshli NATO, yo Amerika, yo boshqa mamlakatlarga tahdid solayotgan eng dahshatli xavf-hatar sifatida tilga olishadi. Biz haqimizda odamlarni iskanjaga soluvchi filmlar suratga olinmoqda: nima emish, rus xalqi yadro urushini boshlarmish… Ba’zan o‘ylab qolaman: biz o‘zi qaysi davrda yashayapmiz, 2016-yildami yoki 1962-yilda?” – qo‘shimcha qildi u.

Bosh vazir shuningdek, Yevroatlantika mintaqasi xavfsizligi tuzilmasi haqida uchrashuv o‘tkazilishi o‘ta muhimligi haqida ta’kidladi. “Bu borada ko‘plab yo‘nalishlarda muloqot uzilib qolganligini yaxshi emas, deb hisoblayman”, — ta’kidladi Medvedev.

Shuningdek, u bugungi kunda terrorchilik mavhumlikni yo‘qotib, millionlab kishilar hayotiga zomin bo‘layotgan urushning yangicha ko‘rinishi ekanligini aytib o‘tdi.

“Samolyot portlashi yoki kafeda ro‘y bergan otishma haqidagi xabarlar har kuni qulog‘imizga chalinmoqda. Ilgari bu singari hodisalar faqat Yaqin Sharqda ro‘y berar edi, bugun esa butun dunyoda”- qo‘shimcha qildi Bosh vazir.

Jahondagi ahvol fojiali, yagona ulkan Yevropa oldin ham bo‘lmagan edi, hozir ham yo‘q, Yevropa Ittifoqi va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar darz ketgan, Ukraina — fuqarolar urushi iskanjasida, Yaqin Sharqda ham mojarolar tobora jiddiy tus olmoqda, migratsiya inqirozi o‘zining eng xavfli nuqtasiga yetib keldi, deb ta’kidladi Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev xavfsizlik bo‘yicha Munxenda o‘tgan anjumanda so‘zlagan nutqi davomida.

Yangiliklar lentasi
0