Dushanba kundan noqonuniy kirakashlarga qarshi urush boshlanadi

Obuna bo‘lish
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda boshqa xizmatlar xodimlari dushanba kundan boshlab avtotashuvchi va transport egalari hujjatlarini tekshiruvdan o‘tkaza boshlaydilar. Ushbu kampaniya ikki yildan ortiq davom etishi ta’kidlanmoqda.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Toshkentda 15-fevraldan boshlab noqonuniy kirakash(“bombila”)larga qarshi kampaniya ishga tushadi, deb xabar beradi Sputnik muxbiriga Toshkent shahrida jamoat transportini tashkil qilish, litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti vakili.
Poytaxtda dushanba kundan boshlab Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda “Toshshahartransxizmat” xodimlaridan iborat 47 ta mobil harakatlanuvchi guruhlar tomonidan maxsus reydlar boshlanishi kutilmoqda. Reyd davomida avtomobil tashuvchilari va transport sohiblari hujjatlari obdon tekshiruvdan o‘tkaziladi.
"Guruhlar maxsus grafik bo‘yicha ish olib boradi —  ertalab 8:00 dan kech 17:00 ga qadar, shuningdek, 16:00 dan 22:00ga qadar ham reydlarga chiqiladi. Bu kampaniya 2-yil, kerak bo‘lsa undan ham ortiq davom etishi mumkin", — ta’kidladi vakil.
Noqonuniy ravishda yo‘lovchilarni tashiydigan shaxsiy avtomobil egalariga eng kam ish haqining 20 dan 100 baravarigacha jarima solinishi ta’kidlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0