Turk siyosatchisi: Rossiya bombardimonchisini urib tushirgan jinoyatchi jazolanishi shart

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishRossiya Havo-kosmik kuchlari samolyoti.
Rossiya Havo-kosmik kuchlari samolyoti. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyaning eng obro‘li siyosatchilaridan biri, sobiq Madaniyat va turizm vaziri Ertugrul Gunay RIA Novosti muxbiriga Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni qanday tiklash mumkinligi haqida gapirdi.

TOShKENT, 16 fev — Sputnik, Alena Palajchenko.

— Turkiya 2012-yil — Suriyada o‘ziga tegishli samolyot urib tushirilganidan so‘ng, tashqi xavf-hatarga qarshi choralar ko‘rishi haqida e’lon qilgan edi. O‘z chegarasini himoya qilish – har bir davlatning suveren huquqidir.

Turkiya nuqtayi-nazaridan olib qaraganda, Rossiya samolyoti uning chegarasini buzdi, va, tashqi xavf-hatarga qarshi chora qoidalariga binoan, u urib tushirildi.

Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti. - Sputnik O‘zbekiston
Anqara Su-24 uchun tovon to‘lashdan bosh tortdi

Ammo samolyot qulayotganida, ikki uchuvchi katapulta yordamida parashutdan sakragan. Ulardan biri tirik qolgan, ikkinchisi o‘ldirilgan. Ikkinchi uchuvchi o‘limi uchun turkiya fuqarosi javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi. Uchuvchini o‘ldirgan kishi jinoyat sodir etdi. Bu o‘rinda Turkiya nima qilishi mumkin? Jinoyatchini hibsga olishi, va uning aybi isbotlansa, jinoyatchini jazoga tortishi lozim. Aynan shu yo‘l bilan Rossiya va Turkiya munosabatlarini normal holatga keltirish mumkin.  Ammo, uchuvchini o‘ldirgan odam nafaqat ozodlikda yuribdi, balki o‘z “qahramonligi” haqida matbuotlarda maqtanib gapirmoqda. Bu hol tabiiyki, Rossiyani ham, turk jamoatchiligini ham achchiqlantiradi.

Suriyada har kimning o‘z manfaati bor. Lekin Yaqin Sharqda AQSh nima qilyapti? Amerikaliklarga u yerda nima bor? Bizga, Rossiya Suriyada nima qilyapti, deb savol berishadi.

OAV: Su-24 uchuvchisining taxminiy qotili Istambulda o‘tgan dafn marosimida ko‘rinish berdi

Ammo Rossiya Suriyaga AQShdan ko‘ra yaqin. Suriyada esa har kimning o‘z manfaati bor, shu jumladan, Turkiyaning ham. Turkiya o‘z chegaralari xavf-xatardan xoli bo‘lishini, qo‘shni mamlakatda esa tinchlik hukm surishini xohlaydi.

Ushbu inqirozni bartaraf etish – diplomatlarning ishi. Diplomatiya — eng murakkab vaziyatlarda kerak bo‘ladi. U orqali qiyin holatlardan chiqib ketish mumkin. Suriya tufayli Turkiya va Rossiya munosabatlari barbod bo‘lgani, bu adolatsizlik. Shu bois, bu muammoni hal qilish bizning burchimizga kiradi.

 

Yangiliklar lentasi
0