Aloqa vaziri: Runetni cheklashni oldini olish kerak

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishNoutbuk ekranida brauzer
Noutbuk ekranida brauzer - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya G‘arb mamlakatlariga ko‘r-ko‘rona ishona olmaydi. Ular har daqiqada navbatdagi sanksiyani kiritishi mumkin, dedi Rossiya Aloqa vaziri Nikolay Nikiforov. Shu o‘rinda u AQSh Qrim domenlarni o‘chirganini esga oldi.

TOShKENT, 16 fev —Sputnik. Rossiya G‘arb mamlakatlarining bo‘lg‘usi sanksiyalariga qarshi choralarni oldindan o‘ylab qo‘yishi kerak, internetning Rossiya segmentiga to‘siq qo‘yishni oldini olish kerak, dedi Rossiya Aloqa va Ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Nikolay Nikiforov.  

“Amerikalik hamkasabalarimiz “internet siyosatdan tashqarida” deb gapirishni yaxshgi ko‘rishiga qaramasdan, Qrim domenlari o‘chirilganda, biz birinchi marta internet-resurslar faoliyati siyosiy kuchlar tomonidan, xususan AQSh prezidenti ma’muriyati tomonidan nazorat qilinishi guvohi bo‘ldik”, — dedi Nikiforov.

Afsuski, biz, kundan kunga yangi sanksiyalar o‘ylab topayotgan, G‘arbdagi hamkasabalarimizga ko‘r-ko‘rona ishona olmaymiz. Shunday ekan, biz, Internetning Rossiya segmenti faoliyatini cheklanishiga qarshi kerakli choralarni ko‘rib qo‘yishimiz kerak. G‘arbdagi  hamkasabalarimiz fantaziyasi qanchalik kuchli bo‘lmasin, marshrutlar haqidagi axborotini cheklashmi, traffikni cheklashmi yoki yana boshqa biror narsani cheklashmi — bu Runet faoliyatini to‘xtashga olib kelmasligi kerak.

 

Yangiliklar lentasi
0