Anqara Moskvani “harbiy jinoyat”da ayblayapti

Obuna bo‘lish
Turkiya Rossiya aviatsiyasining Suriyadagi harakatlarini qoralashini ma’lum qildi. Rossiya aviazarbalarni to‘xtatmasa, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb tahdid qilmoqda Turkiya rasmiylari.

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Turkiya TIV navbatdagi bor Rossiya fuqarolar obyektlari ustidan bomba tashlaganlikda aybladi. “Rossiya amalga oshirayotgan aviazarbalar xalqaro huquq normalariga zid, shu bois, ularga “harbiy jinoyat” sifatida qaralishi lozim. Aviazarbalar to‘xtatilmasa, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin”, deb tahdid qilmoqda Turkiya rasmiylari, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Turk armiyasiga tegishli texnika - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya MV: Turkiya Suriyaga bostirib kirmoqchi

“Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkiloti (MSF) dushanba kuni Suriyaning Idlib shahrida kasalxona ustiga bomba kelib tushgani haqida ma’lum qilgan edi. Tashkilot vakillarining fikricha, kasalxonaga uyushtirilgan ushbu hujum Suriya hukumati prezidenti Bashar Asadga moyillik bildiradigan  harbiylar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovuto‘g‘li kasalxona ustiga Rossiyaga tegishli raketa kelib tushganligini ta’kidladi. Moskvadagi Suriya elchisi Riyod Haddad esa, kasalxona Amerika HHK tomonidan barbod etilganini ta’kidladi.
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Syuzan Rays OQ uy Suriyadagi kasalxonalar bombardirovka qilinishini qoralashini ma’lum qildi, ammo bu galgi hodisa ortida kim turishini aniq ayta olmasligini ta’kidladi.
"11 fevral kuni Munxenda Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish haqida xalqaro kelishuv imzolangan edi. Ammo ana shundan so‘ng ham, Rossiya Suriyadagi tinch aholi, maktablar va kasalxonalarga zarba berishda davom etmoqda… Xalqaro huquq normalariga zid,  harbiy jinoyat sifatida tilga olinadigan ushbu harakatlarni keskin qoralaymiz. Agar Rossiya Suriyada aviazarbalar berishni to‘xtatmasa, bu holat jiddiy oqibatlarga olib kelishi muqarrar", — deyiladi Turkiya TIV bayonnomasida.

Yangiliklar lentasi
0