Iqtisod

Oʻzbekistonda fermerlarga yer berish va yer olish tartibi oʻzgartirildi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Fotobankka oʻtishZagotovka sena i zelenoy massы na polyax OAO "Sovxoz Akbashevskiy"
Zagotovka sena i zelenoy massы na polyax OAO Sovxoz Akbashevskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Hukumatning 2016 yil 10 fevraldagi qaroriga asosan Oʻzbekistonda fermerlarga uzoq muddatga ijaraga yer berish va yer olish tartibi oʻzgartirildi.

 

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Oʻzbekiston hukumatning 2016 yil 10 fevraldagi qaroriga asosan fermerlarga uzoq muddatga ijaraga yer berish va yer olish tartibi oʻzgartirildi, review.uz sayti xabariga asosan.

Hujjatda aytilishiga qaraganda ushbu masala boʻyicha qarorni hokim emas Tuman Xalq deputatlari kengashi qabul qiladi. Deputatlar kengashi oʻz qarorini mahalliy fermerlar kengashi xulosasi asosida qabul qiladi.

Bundan bun tuman hokimi yerni ijaraga olish boʻyicha arizalarni tuman fermerlar kengashiga yoʻllaydi. Kengash ikki kun davomida ushbu arizani koʻrib chiqib oʻz xulosasini tuman Yer mulkini sotish va ijaraga berish komissiyasiga yoʻllaydi.

Yer-mulk komissiyasi hujjatlarni tuman Xalq deputatlari kengashiga yщllaydi. Kengash navbatdagi sessiyada arizani koʻrib chiqib uni tuman hokimiga yoʻllaydi.

Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vairligi xabariga koʻra Oʻzbekistonda 2016 yilda 17,5 ming yangi fermer xoʻjaliklari tuzilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala