Poytaxt bozorlarida olib-sotarlarga qarshi kurash boshlanadi

Obuna bo‘lish
Olib-sotarlarga qarshi kurash yanada samarali kechishi uchun, Toshkent bozorlariga fermerlar va xususiy tadbirkorlar jalb qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, bozorlarda nazorat tarozilari soni ortishi kutilmoqda. Endilikda, xarid qilingan mahsulot og‘irligini mustaqil tekshirib ko‘rish mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Poytaht rahbarlari olib-sotar va vijdonsiz sotuvchilarga qarshi kurash choralarini kuchaytirmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga “Toshbozorsavdo” uyushmasidagi manba.

Eng avvalo poytaxt bozorlariga fermerlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi xususiy tadbirkorlar jalb qilinishi rejalashtirilgan. Dehqonlarga bozorlardan eng yaxshi joylar ajratilishi hamda mahsulot bozorgacha muammosiz yetkazib kelinishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi kutilmoqda.

"Bu amaliyot ikki yil ichida go‘sht, baliq va parranda go‘shti savdosi segmentlarida o‘zini to‘liq oqladi. Shu asnoda, fermerlar, shu paytgacha 604 tonna baliq, 9 tonna go‘sht, 488 million dona tuxumni xaridorlarga past narxlarda realizatsiya qilishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu ko‘rsatkichlar kelgusi yillarda ancha ortishi kutilmoqda", — deb xabar qildi manba.
Sotuvchilar savdo normalariga amal qilishlarini nazorat qilish maqsadida, "Toshbozorsavdo" uyushmasi bozorlarda 2,3 ming dona nazorat tarozilarini o‘rnatdi. Ular yordamida xaridorlar xarid qilgan mahsulotlarini mustaqil o‘lchab ko‘rishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, sotib olingan mahsulotingiz nazorat tarozisida kam chiqqudek bo‘lsa, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga shikoyat xati bilan murojaat qilishingiz yoki uning “ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishingiz lozim.

Yangiliklar lentasi
0