O‘zbekiston va Rossiyada bir sim karta bilan

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishUyali telefondan qo‘ng‘iroq qilish
Uyali telefondan qo‘ng‘iroq qilish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ucell abonentlari uchun Moskva va Sankt-Peterburgda amal qiladigan “Chegarasiz muloqotlar” yangi tarifi paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Ucell uyali aloqa operatori Rossiyaga doimiy borib-kelib turadigan abonentlar uchun yangi “Chegarasiz muloqotlar” tarifini yaratdi. Yangi xizmat Ucell va Rossiyaning AIVA Mobile operatori bilan birgalikda ishga tushirilgan.

Kompaniya xabariga ko‘ra, Rossiyaga kelgan abonent, sim karta almashtirmasdan AIVA Mobile ning “Mehmondo‘st” tarifidan foydalanishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda abonentning O‘zbekistondagi nomeri uning nomida saqlanib qoladi.

Yangi tarifning asosiy yutug‘i, bu Rossiyaga kelgan mijoz turli xil yangi shartnomalar tuzish va sim kartalar sotib olishi kerak bo‘lmaydi. Xizmatdan foydlanish uchun safardan oldin O‘zbekistondagi Ucell ofislaridan birigi murojaat qilib, 1,5 dollarga birdaniga ikki aktiv nomeri bo‘lgan sim karta sotib olinsa bas.

Aloqaga ulanish uchun esa, abonent Rossiyaga kelganidan keyin operatorlar ro‘yxatidan AIVA Mobile kompaniyasini tanlashi kerak. O‘zbekistonga chiqish qo‘ng‘irog‘ining bir minuti 2,9 rubl, har qanday Rossiya raqamlariga esa 2,5 so‘m. Kirish qo‘ng‘iroqlari bepul, abonent to‘lovi ham yo‘q. Tarif hozircha faqat Moskva va Sankt-Peterburgda amal qiladi.

“O‘zbekiston biz uchun muhim bozor va ushbu xizmatni kirish MVNO tarmog‘ini rivojlantirish uchun katta ahmiyatga ega. Xizmatlar Moskva, Moskva viloyati, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida amal qiladi. O‘zbekiston Finlandiya va Tojikistondan keyin ushbu xizmat ishga tushirilgan uchinchi mamlakat bo‘ldi. Ushbu xizmat ommaviy bo‘lishiga ishonchimiz komil”, — dedi AIVA Mobile kompaniyasi matbuot kotibi Darya Lyutsau.

Yangiliklar lentasi
0