Dunyoda

Erdoʻgʻon: Qurdlarning har bir oʻq uzishiga, qatorasiga oʻq uzishlar bilan javob qaytaramiz

© AP Photo / Francois MoriTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon. - Sputnik Oʻzbekiston
Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon Suriyadagi qurd kuchlari oʻqqa tutilishda davom etishini maʼlum qildi. “Anqara oʻz pozitsiyasini oʻzgartirmaydi, qurd kuchlarini ommaviy qirishda davom etamiz”, deb taʼkidladi u.

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik, Fedor Smirnov. Suriyadagi qurd kuchlari tomonidan qilinayotgan hujumlarga javoban, Turkiya ularni oʻqqa tutishda davom etadi, deb taʼkidladi Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon, RIA Novosti xabari asosida.

Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Erdoʻgʻon “qurdlar masalasi”ni hal qilishga chaqirgan olimlarni “nodonlar” deb atadi

Turkiya artilleriyasi toʻrt kundan buyon Minnex aviabazasidagi qurd kuchlari jangarilarini toʻxtovsiz oʻqqa tutmoqda.
"Biz hech qachon ortga chekinmaymiz. Bu haqda hech kimning xayoliga ham kelmasin. Suriyalik qurdlar tomonidan boʻladigan har bitta oʻq uzishga qatorasiga oʻq uzishlar bilan javob qaytaramiz", — deb taʼkidladi Erdoʻgʻon chorshanba kuni Anqara qishloqlaridagi maʼmuriyat vakillari bilan uchrashuv davomida.
2011 yil mart oyidan buyon Suriyada davom etib kelayotgan qurollangan mojaroda BMT maʼlumotlariga koʻra, 220 mingdan ziyod kishi halok boʻlgan. Bunda hukumat jangchilari “Islom davlati” va “Jabhat an-Nusra” singari turli terrorchilik uyushmalari ga qarshi kurashib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala