TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. Toshkent va Samarqand Chelyabinsk bilan birodar shaharlarga aylanishi mumkin, deb xabar bermoqda Chelyabinsk maʼmuriyati matbuot xizmati.
Ushbu qaror viloyat rahbari Yevgeniy Teftelev va Oʻzbekiston bosh konsuli Ravshan Matchonov uchrashuvida qabul qilindi. Tomonlar ikki mamlakat orasida birlashtiruvchi omillar koʻpligini va shu asosda hamkorlikni rivojlantirish kerakligini taʼkidlashdi.
“Chelyabinskda uch mingga yaqin oʻzbeklar yashaydi, ularning muammolari bilan shugʻullanadigan maxsus markaz bor. Biz doimo boshqa millatlar bilan munosobatlarni yaxshilashga harakat qilamiz”, — dedi mer.
Oʻzbekiston vakili oʻz navbatida viloyat maʼmuriyatiga oʻzbek diasporasiga koʻrsatayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirdi, xususan “Vatandoshlar” dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani uchun.
Matchonovning soʻzlariga qaraganda, respublika hozirgi kunda Rossiyaning 70 hududi bilan hamkorlik qilmoqda. Chelyabinsk viloyati esa, ustuvorligi boʻyicha, Moskva va Sankt-Peterburgdan keyin uchinchi oʻrinda.