TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov Turkiya respublikasi yetakchisi Toyib Erdoʻgʻonga 2016-yil 17-fevral kuni Anqara shahrida koʻplab insonlarning halok boʻlishiga olib kelgan terrorchilik harakati munosabati bilan maktub yoʻlladi, deyilgan Oʻzbekiston TIV rasmiy saytida.
“Davlatimiz Rahbari Turkiya Prezidentiga va turk xalqiga chuqur taʼziya izhor etib, qurbon boʻlganlarning oila aʼzolariga hamda yaqinlariga samimiy hamdardlik birdirdi”, — deyiladi xabarda.
Islom Karimov Erdoʻgʻonga hamdardlik bildirdi
13:14 19.02.2016 (yangilandi: 13:25 19.02.2016)

© Sputnik / Sergey Guneyev
/ Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov Anqara shahrida yuz bergan va 28 inson hayotiga zomin boʻlgan terakt yuzasidan Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻonga chuqur hamdardlik bildirib maktub yoʻlladi.