Jamiyat

Oʻzbek dizaynerlari mahalliy bozorlardan Turkiya va Xitoy liboslarini siqib chiqarmoqchi

© JustOʻzbek dizaynerlari yaratgan Just markasidagi liboslar.
Oʻzbek dizaynerlari yaratgan Just markasidagi liboslar. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
“Buyuk Ipak Yoʻli” feshn-shou tashkilotchilari - oʻzbek modasi, bu nafaqat, milliy matolardan tikilgan liboslar, balki, shu yil bahorda dunyo miqyosida urf boʻladigan, modaning eng soʻnggi chaqirigʻi talablariga javob beradigan kiyimlar ekanini isbotlashga kirishdilar.

TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. 27-28 fevral kunlari Toshkent shahrida “Buyuk Ipak Yoʻli” feshn-shousi oʻtkazilishi kutilmoqda. Unda oʻzbek dizaynerlari 2016 yil bahor-yoz mavsumi uchun yaratgan liboslar kollektsiyalarini namoyish etadilar. Mahalliy brendlar, bu yil, keng omma uchun moʻljallangan liboslarga alohida urgʻu berishgani taʼkidlanmoqda.

Interyer bezagi uchun yaratilgan oʻzbek qoʻgʻirchogʻi. - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbek qoʻgʻirchoqlari: Xillari uchun sovgʻa yoxud interyer bezagi

Tashkilotchilarning aytishicha, oʻzbek dizaynerlari shu kechayu-kunduzda mass-marketga ishlashga tayyorliklarini bildirishmoqda. Va, hozirdanoq, poytaxt bozorlaridan Xitoy va Turkiyadan keltiriladigan “ommabop” liboslarni “siqib chiqarish” uchun ishga kirishganlar.
Feshn-shouda hayotdagi turli vaziyatlar uchun moʻljallangan 500 dan ortiq koʻrinishdagi modellar namoyish etilishi rejalashtirilgan.

"Biz Oʻzbekistonda yuqori moda mavjudligini, dizaynerlarimiz keng omma uchun ham liboslar yaratishlarini namoyish qilishni oʻz oldimizga maqsad qilib qoʻyganmiz. Oʻtkaziladigan shou — oʻziga xos tajriba, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yaxshigina reklama ham. Shuni tan olish joizki, bugungi kunda dizaynerlarimiz yaratayotgan liboslar Xitoy va Turkiya liboslaridan qolishmaydi. Narx jihatdan esa, ancha choʻntakbopligi xaridorlarni xursand qiladi, degan umiddamiz", — dedi suhbatdosh.

Rejalashtirilgan liboslar koʻrgazmasida Family hope, Just, Selfy, Terra Pro, Be trendy singari mahalliy brendlar ishtirok etadi.  Bundan tashqari, Irina Sova, Zuhra, Nadinur, Kamola, Kamali, Camomille, Ali, RaStyle singari, Modelyerlar uyushmasi aʼzosi boʻlgan yosh dizaynerlar ham ilk marotaba oʻz liboslarini namoyish etishadi.
Koʻpchilik xaridorlar, “oʻzbek brendlari tomonidan yaratiladigan liboslar sifatsiz, ular maxsus tekshiruvidan oʻtmagan” deb oʻylashadi. Ammo, ishoning, bularning barchasi, asossiz mish-mish. Just yoki Be Trendy brendi ostida yaratilgan libosni xarid qilganlar, albatta, yana bu markaga murojaat qiladilar", — deb izoh berdi suhbatdosh.

Asosiysi, “Buyuk Ipak Yoʻli” feshn-shou tashkilotchilari oʻz oldilariga buyuk maqsadni qoʻyganlar: ular oʻzbek modasi, bu nafaqat, milliy matolardan tikilgan liboslar, balki, dunyo miqyosida urf boʻladigan, modaning eng soʻnggi chaqirigʻi talablariga javob beradigan kiyimlar ekanini isbotlamoqchilar va bu borada ularga ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Yangiliklar lentasi
0