
Palov, shoʻrva va lagʻmon — Oʻrta Osiyo “shoh” taomlari, hisoblanadi. Shular orasida, lagʻmonni “muhabbat taomi”, deb ham atashadi. Maʼlum boʻlishicha, yosh kelin, oʻz pazandalik mahoratini, faqat shu taomni tayyorlash orqali namoyish eta oladi.
Lagʻmon — dungancha soʻzdan olingan boʻlib, “choʻzilgan xamir” maʼnosini bildiradi. Bu taom Oʻrta Osiyoga Xitoydan kirib kelgan. Oʻtgan asrlar davomida, uy bekalari uning xilma-xil turlarini tayyorlashni oʻrgandilar.
Bugun, ushbu lazzatli taom retseptini eʼtiboringizga havola qilmoqdamiz. Marhamat, tayyorlab, yaqinlaringiz, sevimli yoringiz koʻnglini zabt eting!