Jamiyat

Moskvada asosan kimlar ijarada turadi?

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka oʻtishMoskva shahar koʻrinishi
Moskva shahar koʻrinishi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya poytaxtida ijaraga uy olgan chet el fuqarolari 1% dan kam.

TOSHKENT, 19 fev –Sputnik. Moskva uy-joy ijara bozorida uzoq chet mamlakatlardan kelgan fuqarolar soni 1% xolos, RIA Novosti, “Miel” koʻchmas mulk kompaniyasi hisobotiga koʻra.    

Moskvada uy ijaraga olgan chet el fuqarolari soni 2007, 2008 yillardan buyot keskin kamayishni boshladi. Oʻshanda, iqtisodiy qiyinchiliklarning birnchi bosqichi boshlanganida, Moskvada faoliyat koʻrsatayotgan chet el kompaniyalari oʻz xodimlari sonini keskin qisqartirishni boshlgan edi.

Hozirgi kunda Moskvada asosiy ijarachilar bu — boshqa viloyatlardan kelgan Rossiya fuqarolaridir. Ular Moskva ijara bozorida mijozlarning 60 %ni tashkil qiladi. Bunday fuыarolar bir vaqtlarda Moskvaga kelgan va shu yerda ishga joylashgan, lekin hali oʻz uy joyiga ega emas. Ular ijaraga oladigan uylar narxi 25-40 ming rubl atrofida.

Ijaraga turuvchilarning taxminan 30% bu MDH mamlakatlaridan kelganlardir. Asosan ular Ozarbayjon, Armaniston va Oʻzbekiston fuqarolari boʻlib, rubl qadri tushishiga qaramasdan, ular Moskvada ishlayotgan fuqarolardir. MDH fuqarolari oʻrtacha 25-35 ming rublga kvartirada turadi.

Ijara bozorining qolgan 10 % – bu Moskvaliklarning oʻzi boʻlib, ular turli sabablarga koʻra ijaraga uy olgan fuqarolardir.

Yangiliklar lentasi
0