Jamiyat

Jizzaxda “GTA bandasi” boshligʻi 12 yil qamoq jazosiga mahkum qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishJinoyatda gumon qilinganlar.
Jinoyatda gumon qilinganlar. - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning M4 “Don” avtotrassasida qator qotilliklarni sodir etgan “GTA bandasi”ga havas qilgan Furqat Joʻrayev, Oʻzbekistonga qaytgach, Jizzaxda shunday jinoiy guruhni tashkil etdi. Bugun banda boshligʻi Furqat Joʻrayev - 12 yilga, uning sheriklari esa – 5,5 yildan 7 yilgacha qamoq jazosiga mahkum qilindi.

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. Jinoiy ishlar boʻyicha Jizzax viloyati sudi juma kuni mamlakatning besh fuqarosini turli muddatga ozodlikdan mahrum etdi. Qamoq jazosiga mahkum qilinganlar esktremistik guruh tashkil qilib, Oʻzbekiston hududida kissavurlik va talonchilik ishlari bilan shugʻullanishgan, hamda, qoʻporuvchilik harakatlarini amalga oshirmoqchi boʻlgan, deb xabar qildi sud vakili.

Qonun va odil sudlov ramzlari. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Joʻnatmada ham, telefonda ham...

"Guruh boshligʻi, oʻttiz besh yashar Furqat Joʻrayev — 12 yilga, uning toʻrt sherigi esa – 5,5 yildan 7 yilgacha qamoq jazosiga mahkum etildi. Ayblanuvchilarning hammasi oʻz ayblariga iqror boʻldilar”, — deb aniqlik kiritdi suhbatdosh. Sud vakilining soʻzlariga qaraganda, Joʻrayev bunga qadar talonchilik, nomusga tegish, narkotik moddalarni tayyorlash va sotishda ayblanib, Rossiyada besh yilga qamalib, 2014-yilda Oʻzbekistonga qaytib kelgan.

"Oʻz aybiga iqror boʻlgan Joʻrayev, Rossiyada yurgan vaqtida “GTA bandasi”ning ayrim aʼzolari bilan tanishganini tan oldi. Shu tanishuvdan soʻng, uning miyasida “jihod gʻoyasi” asosida, Oʻzbekistonda ham shunday jinoiy guruh tashkil qilish fikri paydo boʻlgan", — xabar qildi agentlikka huquqni muhofaza qilish vakili.

Oʻzbekcha talqindagi “GTA banda”sining qolgan uch aʼzosi – Aramis Avakyan, Murodulla Qayumov hamda Elmir Bekmambetovlar ham 2013 yilda Rossiyadan qaytib kelishgan. Ular ham chet elda yurgan chogʻlarida, Markaziy Osiyodan chiqqan diniy ekstremistlar bilan muloqotda boʻlishgani va terrorchilik targʻiboti bilan shugʻullanishganini tan oldilar, deb taʼkidladi sud vakili.

Eslatib oʻtamiz, 2014-yilda Rossiyaning M4 “Don” avtotrassasida nomaʼlum jinoiy guruh tomonidan bir qator qotilliklar sodir etildi. Mahalliy OAVlar jinoiy guruhga “GTA bandasi”, deb nom berdi. 2014-yilning noyabr oyida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-surishtiruv tadbirlar davomida, banda rahbari Ibaydullo Subxanov yashiringan joy aniqlandi va oʻtkazilgan operatsiya davomida, u yoʻq qilindi. Guruhning toʻqqiz nafar aʼzosi ham tez orada hibsga olindi, yana toʻrt nafari esa xalqaro qidiruvga berildi. 2015-yilning oktyabr oyida tergov ishlari tugatildi.

“GTA bandasi” aʼzolari, guruh faoliyati davrida Moskva shahri, Moskva hamda Kaluga viloyatlari hududida 16ta hujumni amalga oshirganlar. Bu jinoiy ishlar davomida 17 kishi oʻldirilgan, ikki kishi jarohatlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala