Dunyoda

Rossiyalik amaldorlar Vladimir Putinga pora olmaslik haqida qasamyod qiladigan boʻldi

Rossiya prezidenti Kreml maʼmuriyatiga amaldorlar uchun qasamyod kiritilishi masalasini bir oy ichida koʻrib chiqishni topshirdi. Qasamyodni buzgan amaldorlarga nisbatan intizomiy jazo qoʻllanilishi taxmin qilinmoqda.

TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin, oʻz maʼmuriyatiga, poraxoʻrlikka qarshi kurash doirasida davlat xizmatchilari uchun qasamyod kiritilishi masalasini aprel oyigacha hal qilishni topshirdi, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Vladimir Putin poraxoʻrlar mol-mulkini tortib olishni boshladi

Prezident matbuot-kotibi Dmitriy Peskov, jurnalistlar bilan muloqotda, amaldorlar uchun qasamyod masalasi, 26 yanvar kuni oʻtkazilgan poraxoʻrlikka qarshi kurash komissiyasi yigʻilishi yakunida Vladimir Putin tomonidan imzolangan topshiriqlarning bir bandi ekanini aytdi.

Qonunga kiritiladigan oʻzgartirishlarga muvofiq, qasamyodni buzgan amaldorlarga nisbatan intizomiy jazo qoʻllanilishi taxmin qilinmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala